Aziz Nesin
Aziz Nesin (taxallusi; asl ismi Mahmud Nusrat) (1915, Istanbul – 1995, Izmir; Istanbulda dafn etilgan) – turk hajviy yozuvchisi, dramaturg, Nafis sanʼat akademiyasi (Istanbulda oʻqigan (harbiy maʼlumotga ham ega). „Marko posho“ (1946) taraqqiyparvar hajviy gazeta va boshqa matbuot organlarida ishlagan. „Nuh kemasi“ (1949) hajviy jurnal nashr etgan. Koʻplab hajviy hikoya, poema va romanlar muallifi, siyosiy va ijtimoiy hajv ustasi. „Jinnilar ozod boʻldi“, „Ishbilarmon odam“, „Noziq va nafis“, „Xudoga shukur“ va boshqa asarlari siyosiy oʻtkir va dolzarb. Ularda yozuvchi jamiyat illatlarini fosh qiladi, kulgili vaziyat, xususiyat va holatlar orqali kishilarni beixtiyor oʻz nuqsonlaridan kulishga majbur etadi. A. N. asarlarining qahramonlari – ish axtarave-rib bezor boʻlgan mayda amaldor, omad-siz ziyoli va qashshoq ishchi („Yashasin kambagʻallik“, „Maydon soatlari“, „Xotin kishi boʻlganimda-yu…“ va boshqalar) „Shunday boʻldi, bunday boʻlmaydi“ avto-biografik qissasi, „Aziznoma“ hajviy sheʼrlar va „Mamlakatlardan birida“ hajviy hikoyalar toʻplamlari mavjud. Hajvchi yozuvchilar xalqaro tanlovlarida „Dafna chambari“ olgan (1956, 1957). Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilarining Toshkent anjumanlari ishtirokchisi. Asarlari oʻzbek („Musht ketdi“, 1966; „Xushtak afandim“, 1969; „Fut-bol qiroli“, 1978 va hokazo) va boshqa tillarda nashr qilingan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2002-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |