Aminova Aziza (1929.7.4, Andi-jon) — Oʻzbekiston xalq artisti (1980). X. Aminovaning qizi. 1940-yildan Andijon teatrida. Taqdiri fojiali ayollar hamda onalar obrazlarini alohida mahorat bilan yaratgan. Asosiy rollari: Noznoz („Besh soʻmlik kelin“), Mohim („Tohir va Zuhra“), Qumri („Nurxon“), Sanam („Aziz va Sanam“), Xolisxon („Xolisxon“), Oyparcha, Uvaysiy („No-dira“), Poshsha xola („Onaizor“), Ona („Diydor“) va boshqa Oʻzbek ayollariga xos feʼl-atvor, milliy xususiyatlar orq-ali qahramonning ichki dunesini ochib be-rish aktrisa ijro uslubiga xosdir. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (2000).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil