Azoimid, HN3 – azotning vodorod bilan hosil qilgan kislotasi, tuzilishi. Suvsiz azoimid oʻtkir hidli, zaharli, rangsiz suyuqlik, qaynash temperaturasi – 37 °C, suyuqlanish temperaturasi – 80 °C, portlovchi modda, qizdirilganda, ishqalanganda yoki sal zarbalanganda darhol detanatsiyalanadi. Suvli eritmalarda A. NQ va N3 ionlariga dissotsiatsiyalanadi, kislotalik kuchi sirka kislotasiga yaqin. Oksid-lovchi xossaga ega. A.ning kuchli xlorid kislota bilan aralashmasi oltin va plati-nani eritadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil