Azola
Azola (Azolla) – qirqquloqdoshlar oilasiga mansub, suvda oʻsadigan, spo-rali koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Suv ostida yon ildizlari, suv ustida qalin bargchalari boʻladi. A.ning 6 ta turi bor. Qazilma turlarining soni 50 ga yaqin. A.ning ba’zilari hozirgi Janubiy Amerika, Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo va Avstraliyaning tropik joylarida keng tarqalgan. A.ning qazilma qoldiqlari (sporasi, bargining izlari va megaspo-rasi) boʻr davridan pleystotsen davrigacha boʻlgan qatlamlarda uchraydi. Mas, ular Gʻarbiy Qozogʻistonda boʻr, Hindistonda eotsen, Ustyurt va Qozogʻistonda oligotsen davrlariga mansub qatlamlardan topil-gan. A. turlari azotga ega boʻlganligi tu-fayli undan tuproqning unumdorligini oshirishda foydalaniladi.[1]Azolla asosan tropik mamlakatlarning chuchuk suv havzalarida uchraydi va vatani Veytnam hisoblanadi.Biroq A.N Krishtofovichning shoxidlik berishicha,azolla qadim vaqtlarda O'rta Osiyoda ham keng tarqalgan bo'lib,uning qoldiqlari Ustyurtda ham (oligochen) topilgan.Azolla - Anabena tuzilishiga ko'ra ikki o'simlik:qirqquloq -azolla hamda uning tanasida joylashgan ko'k- yashil suvo'ti Anabena dan iborat xamjixat (simbioz) organizmdir (Lumpkin,Plucknett,1982).
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |