Azot ftoridlari – rang-siz, uziga xos hidli gazlar. Ularga azot triftorid (NF3), tetraftorgidrazin (N2F4), diftoramin (NF2H), diftordia-zin (N2F2), nitrozil ftorid (FNO), ni-tril ftorid (FNO2), triftoraminoksid (NOF3), xlordiftoramin (NC1F2), fto-ramin (NH2F), dixloftoramin (NC12F) va boshqa kiradi. Ba’zan ftorazid (N3F) va nitroksiftorid (NO3lap ham Azot ftoridlari ga kiritiladi. Azot ftoridlari – kuchli oksidlovchilardir. Azot triftorid va nitrozil ftoriddan boshqalari termodinamik jihatdan beqaror. Azot ftoridlari organik moddalar sintez qilishda, tetraftorgidrazin esa suyuq yonilgʻi bilan ishlaydigan raketalarda yonilgʻini oksidlovchi vosita sifa-tida qoʻllaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil