Azot toʻplovchi mikroorganizmlar
AZOT TOʻPLOVCHI MIKROOR-GANIZMLAR, azotfiksatorlar – at-mosferadagi molekulyar azot (N2) ni oʻzlashtiruvchi va uni organik birik-malarga oʻtkazuvchi mikroorganizmlar. Azot toʻplovchi mikroorganizmlar m. ga dukkakli oʻsimliklar (beda, sebarga, noʻxat va boshqalar) bilan simbioz hayot kechiruvchi Phisobium turkumiga mansub bakteriyalar (qarang Tuganak bakteriyalar) ki-radi. Dukkakli oʻsimliklar eqilgan har bir gektar maydonda yiliga 100– 250 kg va undan ortiq atm. azoti toʻplanadi. Beda ildizida toʻplangan biologik azot tuproq unumdorligini oshiradi, tuproq tarkibidagi chirindi miqdorini koʻpaytiradi, tuproqning gidrolitik kislotaligini pasaytiradi. Dukkak-siz oʻsimliklar (qandogʻoch, jiyda va boshqalar) ildizida tuganaklar hosil qiluvchi ak-tinomitsetlar ham Azot toʻplovchi mikroorganizmlar m. hisoblanadi. Ba’zi azot toʻplovchi bakteriyalar ayrim tropik oʻsimliklar bargi toʻqimalarida tuganaklar hosil qilib rivojlanadi. Tuproqda va suv havzalarida erkin yashovchi sporali anaerob bakteriya – klostri-dium, aerob sharoitda yashovchi mikro-organizmlar – azotobakter (qarang Azoto-bakterin), oligonitrofillar (azotsiz oziqmuhitida yashovchi bakteriyalar) ham azot toʻplovchi faol mikroorganizmlarga kiradi. Koʻk-yashil suvoʻtlarning koʻpchilik turlari (Nostoc, Anabaena va boshqalar), ayrim toʻq-qizil oltingugurt bak-225teriyalar va yashil bakteriyalar ham ak-tiv Azot toʻplovchi mikroorganizmlar m. dir. Azot toʻplovchi koʻk-yashil suvoʻtlarning 80 turi ma’lum boʻlib, 45 turi Oʻrta Osiyo tuproqlari va suv havzalarida tarqalgan. Ayrim zamburugʻ turlari, achitqilar, spiroxetlar va boshqa ham atm. azotini toʻplashda ishtirok etadi. Azot toʻplovchi mikroorganizmlar m. tabiatda azotning aylanishida, xususan oʻsimlikni oʻzlashtira olish mumkin boʻlgan azot bilan ta’minlashda, ya’ni atm. azotini oʻsimliklar foyda-lanadigan koʻrinishga keltirishda katta ahamiyatga ega (qarang Azotfiksatsiya).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |