Azotobakterin
Azotobakterin, azotogen – tar-kibida mikroorganizmlar (azotobakter) boʻlgan bakterial oʻgʻit; azotobakter at-mosferadagi azotni oʻzlashtirib, uni oʻsimlik oson oʻzlashtira oladigan shak-lga aylantirib beradi. Tuproqli A. (bunda neytral tuproq substrat vazifa-sini oʻtaydi) hamda agarli A. (substrat – agar-agar) farq qilinadi. Tuproqli A. qoʻllaniladigan joyda tayyorlanadi. Buning uchun A. chirindi moddasiga boy boʻlgan tomorqa yoki bogʻ tuprogʻida koʻpaytiriladi. A. maxsus zavod va laboratoriyalarda torfli, chirindili yoki agarli pre-parat holida tayyorlanadi. A. dukkaksiz oʻsimliklarning azotli oziqlanishini yaxshilash uchun madaniylashgan, ney-227tral reaksiyali hamda tarkibida yetarli miqdorda fosfor boʻlgan tuproqqa urugʻlik bilan birga solinadi. 1 ga yerga sarflanadigan urugʻlik normasiga 3–6 kg A. qoʻshiladi (qarang Azot toʻplovchi mikro-organizmlar, Bakterial oʻgʻitlar).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |