Azov boʻyi qirlari
Azov boʻyi qirlari — Ukrainaning janubi-sharqidagi qirlar. Donesk shahri yaqinida Donesk qirlari bilan tutashadi. Mutlaq balandligi 324 m. Yer yuzasi lyossimon jinslar bilan qoplangan, za-minida kristall jinslardan tarkib topgan fundament yotadi. Koʻp qismi haydalgan. Yon bagirlarida unda-bunda betagachalov oʻsimliklari bilan qoplangan joylar uchraydi. Kaolin, temir rudasi, grafit, nefelinli siyenit, qurilish materiallari bor. Azov boʻyi qirlari Ukraina dasht qoʻriqxonasining filiali joylashgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |