Azov floti
Azov floti – 1695-yilning oxirlariga kelib Rossiyaning Qrim xonligi va Turkiyaga qarashli Qora dengiz boʻylaridagi yerlarini bosib olish uchun tashkil qilingan. Flot kurishda asosiy markaz qilib Vo-ronej shahri tanlandi. Harbiy kemalarning birinchi yurishi 1696-yilning 3-mayida Voronejdan boshlandi. Azov shahrini ishgʻol qilishda Azov floti hal qiluvchi rol oʻynadi. Taganrog Azov floti bazasi boʻlib qoldi. Ad-miralteystvo Azov sohilidagi Tavrovga koʻchirildi. 1696– 1711-yillarda 215 kema qurildi. Prut yurishi (1711)dan keyin turklar Azovni yana qaytarib oldilar. Azov floti tor-mor qilindi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |