Azurit
Azurit (frans. L’azur, arab, loju-vard – havo rang tosh, lazur) – mineral. Qattiqligi 3,5–4. S.ogʻ.–3,89. Rangi toʻq koʻk. Monoklin sistemasida taxtacha va prizmalar hosil qilib kristalla-nadi. Koʻpincha kukunsimon uyum holda uchraydi. Oynasimon yaltiraydi. Kislo-talarda uglekislota chiqarib yengil eriydi. Yer ustida misning birlamchi ruda minerali – xalkopirit, bornit, xira rangli rudalar va boshqalarning oksidlanishi hisobiga hosil boʻladi. A. bilan yonma-yon tugʻma mis, malaxit, kuprit, xrizokola va boshqa mis rudalarining oksidlanish zo-nasida uchraydi. A.ning tarkibida mis 55,3%. A. mis olish, toʻtiyo va koʻk rang ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Asosiy | |
---|---|
Formulasi | Cu3(CO3)2(OH)2 |
Molekulyar massasi | 344.67 g/mol |
IMA maqomi | Azu[1] |
Guruh | Karbonat minerali |
Fizik xususiyatlari | |
Rangi | To‘q ko‘k, ko‘k ba'zan yashil |
Shaffoflik | Shaffof emas |
Qattiqlik | 3,5—4 |
Zichligi | 3,5-4 g/sm³ |
singoniyasi | Monoklinik |
Azurit Vikiomborda |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ Warr, L.N. (2021). "IMA–CNMNC approved mineral symbols". Mineralogical Magazine 85 (3): 291–320. doi:10.1180/mgm.2021.43. https://www.cambridge.org/core/journals/mineralogical-magazine/article/imacnmnc-approved-mineral-symbols/62311F45ED37831D78603C6E6B25EE0A.