Barack Hussein Obama II (talaffuzi: Barak Useyn Obama Ikkinchi; 4-avgust 1961-yilda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi, huquqshunos va yozuvchi boʻlib, 2009-yildan 2017-ylga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 44-Prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. Bungacha 1997-yildan 2004-yilga qadar Illinois shtati senatori, 2005-yildan 2008-yilga qadar esa AQSh senatori (Illinoisdan) vazifalarini bajargan. Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlgan Obama AQShning ilk afroamerikalik prezidenti boʻlgan.[1] Obamadan keyin AQSh Prezidenti Donald Trump boʻldi.

Barack Obama

Rasmiy portret (2012)
44-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti
Mansab davri
20-yanvar 2009-yil – 20-yanvar 2017-yil
Vitse-prezident Joe Biden
Oʻtmishdoshi George W. Bush
Vorisi Donald Trump
Amerika Qoʻshma Shtatlari Senatori (Illinoisdan)
Mansab davri
3-yanvar 2005-yil – 16-noyabr 2008-yil
Oʻtmishdoshi Peter Fitzgerald
Vorisi Roland Burris
Illinois Senati aʼzosi (13-okrugdan)
Mansab davri
8-yanvar 1997-yil – 4-noyabr 2004-yil
Oʻtmishdoshi Alice Palmer
Vorisi Kwame Raoul
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Barack Hussein Obama II

4-avgust 1961-yil (1961-08-04) (63 yosh)
Honolulu, Hawaii, A.Q.Sh.
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Siyosiy partiyasi Demokratlar
Turmush oʻrtogʻi Michelle Robinson (1992-yildan)
Bolalari
  • Malia
  • Sasha
Ota-onasi
Istiqomat joy(lar)i Kalorama, Washington
Taʼlim Punahou maktabi
Alma mater
Kasbi
  • Siyosatchi
  • huquqshunos
  • muallif
Imzosi
Vebsayti

2009-yil 9-oktyabrida tinchlikparvar siyosati uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.[2]

2012-yilgi saylovda ham gʻalaba qozondi.[3] Shuningdek, Obama uch bestseller kitob muallifi hamdir: Dreams from My Father („Otamdan orzular“) (1995), The Audacity of Hope („Umid jurʼati“) (2006) va A Promised Land („Vaʼda qilingan yer“) (2020).[4]

Obama, rafiqasi Michelle va qizlari Sasha va Malia, 2009-yil.

Dastlabki hayoti va karyerasi

tahrir

Obama 1961-yil 4-avgustda[5] AQShning Hawaii shtati Gonolulu shahridagi Kapiolani Ayollar va Bolalar Tibbiy Markazida dunyoga kelgan.[6][7][8] U Hawaiida va AQShning 48 ta qitʼada joylashgan shtatlaridan tashqarida tugʻilgan yagona prezidentidir.[9] Uning onasi oq va otasi qora irqqa mansub. Onasi, Ann Dunham (1942-1995) Kanzasning Uichita shahrida tugʻilgan boʻlib, asosan ingliz, nemis, irland, shotland va uelslik kelib chiqishga ega boʻlgan.[10] Otasi Barack Obama Katta (1936-1982)[11][12] Keniyaning Luo qabilasiga mansub hamda grant asosida Hawaiiga oʻqishga kelgan talaba boʻlgan. Obamaning ota-onasi 1960-yilda Manoadagi Hawaii uiversitetida rus tili darsida uchrashishgan.[13][14] Juftlik 1961-yilning 2-fevralida, Obama tugʻilishidan olti oy avval Vailukuda turmush qurishgan.[15][16]

1961-yil avgusti oxirlarida, Obama tugʻilganidan bir necha hafta oʻtgach, Barack va uning onasi Seattle shahridagi Washington universitetiga koʻchib oʻtishib, u yerda bir yil yashashdi. Bu vaqt davomida Barackning otasi 1962-yilning iyunida Hawaiida oʻqishini tamomlab, iqtisod boʻyicha bakalavrlik darajasi oldi. Keyinchalik, Harvard universitetiga grant asosida oʻqishga kirib, u yerni tugatdi va iqtisod boʻyicha magistrlik darajasini oldi. Obamaning ota-onasi 1964-yil martida ajrashishdi.[17] Obama Katta 1964-yilda Keniyaga qaytdi va u yerda uchinchi marta uylandi. U, shuningdek, Keniya moliya vazirligida katta iqtisod tahlilchisi lavozimini bajardi.[18] U oʻgʻli Obamani koʻrish uchun 1971-yil Mavlud bayramida[19] faqat bir marotaba Hawaiiga tashrif buyurgan. U 1982-yili avtomobil halokati tufayli vafot etdi, bu paytda Obama 21 yoshda edi.[20] Bolalik chogʻlarini yodga olarkan, Obama bu haqda shunday deydi: „Otamning atrofimdagi odamlarga umuman oʻxshamasligini, yaʼni u qop-qora boʻlsa, onam sutdek oqligini bazorgʻa fahmlaganman“.[14]

Nashr etilgan kitoblari

tahrir

Audiokitoblar

tahrir
  • 2006: The Audacity of Hope: Thoughts on Reclaiming the American Dream (Random House Audio) ISBN 978-0739366417

Manbalar

tahrir
  1. „Obama wins historic US election“. BBC News (5-noyabr 2008-yil). 18-dekabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2008-yil.
  2. The Nobel Peace Prize 2009
  3. AQShda prezidentlik saylovlari yakuniga yetdi (Wayback Machine saytida 2012-11-10 sanasida arxivlangan), kun.uz
  4. „Former President Barack Obama's third book starts shipping today“ (en). NBC News. Qaraldi: 22-sentyabr 2021-yil.
  5. „President Barack Obama“. The White House (2008). 26-oktyabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2008-yil.
  6. „Certificate of Live Birth: Barack Hussein Obama II, 4-avgust 1961-yil, 7:24 pm, Honolulu“. whitehouse.gov (27-aprel 2011-yil). 3-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-mart 2017-yil.
  7. Maraniss, David.. „Though Obama had to leave to find himself, it is Hawaii that made his rise possible“ (24-avgust 2008-yil), s. A22. Qaraldi: 28-oktyabr 2008-yil.
  8. Nakaso, Dan.. „Twin sisters, Obama on parallel paths for years“ (22-dekabr 2008-yil), s. B1. Qaraldi: 22-yanvar 2011-yil.
  9. Barreto, Amílcar Antonio; Richard L. O'Bryant „Introduction“, . American Identity in the Age of Obama. Taylor & Francis, 12-noyabr 2013-yil — 18–19-bet. ISBN 978-1-317-93715-9. 
  10. Obama (1995, 2004), p. 12.
  11. Maraniss (2012), p. 65: He had been born inside the euphorbia hedges of the K’obama homestead on 18-iyun 1934-yil.
  12. Liberties (2012), p. 202: The age of the father is questionable since most of the documents Barack Hussein Obama filled out during his United States student visa was 18-iyun 1934-yil; however, Obama II’s book Dreams of My Father states his birth date was 18-iyun 1936-yil. Check out Immigration and Naturalization Service records, and those documents also indicate the birth date to be 18-iyun 1934-yil, thereby making Obama Sr. twenty-seven at the birth of Obama II instead of the annotated twenty-five on the birth certificate.
  13. Jones, Tim.. „Barack Obama: Mother not just a girl from Kansas; Stanley Ann Dunham shaped a future senator“ (27-mart 2007-yil), s. 1 (Tempo). 2017-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.
  14. 14,0 14,1 Obama (1995, 2004), s. 9-10.
    • Scott (2011), s. 80-86.
    • Jacobs (2011), s. 115-118.
    • Maraniss (2012), s. 154-160.
  15. Ripley, Amanda.. „The story of Barack Obama's mother“ (9-aprel 2008-yil). Qaraldi: 9-aprel 2007-yil.
  16. Scott (2011), p. 86.
    • Jacobs (2011), s. 125-127.
    • Maraniss (2012), s. 160-163.
  17. Scott (2011), s. 87-93.
    • Jacobs (2011), s. 115-118, 125-127, 133-161.
    • Maraniss (2012), s. 170-183, 188-189.
  18. Obama „Dreams from My Father a Story of Race and Inheritance“
  19. Scott (2011), s. 142-144.
    • Jacobs (2011), s. 161-177, 227-230.
    • Maraniss (2012), s. 190-194, 201-209, 227-230.
  20. Ochieng, Philip.. „From home squared to the US Senate: how Barack Obama was lost and found“ (1-noyabr 2004-yil). 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.
    • Merida, Kevin.. „The ghost of a father“ (14-dekabr 2007-yil), s. A12. Qaraldi: 25-iyun 2008-yil.
    • Jacobs (2011), s. 251-255.
    • Maraniss (2012), s. 411-417.

Oʻqish uchun

tahrir
  • De Zutter, Hank. „What Makes Obama Run?“ (8-dekabr 1995-yil). Qaraldi: 25-aprel 2015-yil.
  • Graff, Garrett M. (1-noyabr 2006-yil). „The Legend of Barack Obama“. Washingtonian. 14-fevral 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-yanvar 2008-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  • Kenny, Mary. "Obama shaped more by his WASP heritage than the passion of Martin Luther King, " Independent.ie (7-sentyabr 2014-yil)
  • Koltun, Dave „The 2004 Illinois Senate Race: Obama Wins Open Seat and Becomes National Political "Star"“, . The Road to Congress 2004. Hauppauge, New York: Nova Science Publishers, 2005. ISBN 978-1-59454-360-9. 
  • Lizza, Ryan (September 2007). „Above the Fray“. GQ. 2011-05-14da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-oktyabr 2010-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  • MacFarquhar, Larissa (7-may 2007-yil). „The Conciliator: Where is Barack Obama Coming From?“. The New Yorker. Qaraldi: 14-yanvar 2008-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  • McClelland, Edward. Young Mr. Obama: Chicago and the Making of a Black President. New York: Bloomsbury Press, 2010. ISBN 978-1-60819-060-7. 
  • Parmar, Inderjeet and Mark Ledwidge. „…'a foundation-hatched black': Obama, the US establishment, and foreign policy.“ International Politics 54.3 (2017): 373-388 online (Wayback Machine saytida 2023-06-27 sanasida arxivlangan)

Havolalar

tahrir