Babbitlar
Babbitlar – qalay, qoʻrgʻoshin, rux yoki aluminiyga surma, mis, kadmiy, mishyak va boshqa metallar qoʻshib tayyorlanadigan qotishmalar. Qalayli qotishmani birinchi marta (1839) tayyorlagan amerika muhandisi I. Babbit (1799-1862) sharafiga shunday atalgan. Ishqalanish koeffitsiyenti kichik, yaʼni ishqalanganda uncha yoyilmaydi. Mashinalarning ishqalanuvchi detallari hamda elektr dvigatellar, turbinalar, kompressorlar, nasoslar, generatorlar va stanoklarning podshipniklarini tayyorlash uchun ishlatiladi. Detallar yoki podshipniklarning qayerda ishlatilishiga qarab, babbitlarning turli xillari qoʻllanadi. Masalan: yuqori temperaturali sharoitda ishlovchi podshipniklar uchun qoʻrgʻoshinli babbitlar ishlatiladi va hokazo[1].
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Houghton Mifflin. The American Heritage Dictionary of the English Language, 4th, Boston and New York: Houghton Mifflin, 2000. ISBN 978-0-395-82517-4. .
- Oberg, Erik; Green, Robert E.. Machinery's Handbook: A Reference Book for the Mechanical Engineer, Designer, Manufacturing Engineer, Draftsman, Toolmaker, and Machinist (en). Industrial Press, 1996. ISBN 9780831125752.
Havolalar
tahrirVikilugʻatda babbitt metal yoki babbitt nomli maqola mavjud. |
- „How white metal is moulded to steam locomotive big-end bearings“. Ropley, Mid Hants Railway. 2011-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-iyul.
- „How to Pour Babbitt Bearings“. WikiHow.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |