Babol (daryo)
Babol [1] (sobiq Rudhaneye-Babol ; forscha: بابلرود — Eron shimolidagi suvga toʻyingan daryo, Mozandaron viloyati hududidan oqib oʻtadi. Elburs togʻlarining Savadkuh shahristonidagi manbadan boshlanib, Babol va Babolser shahristonlari hududidan oqib oʻtadi. Babolser shahrida Kaspiy dengiziga quyiladi [2] . Daryoning uzunligi 78 km.
Suv omborlari
tahrir- Alburs toʻgʻoni
Daryoning manbai va etagi oʻrtasidagi sezilarli farq tufayli daryo va irmoqlarida koʻplab toʻgʻonlar barpo qilingan. Ulardan biri dahiston Lofur oʻrmonlarida joylashgan Alburs toʻgʻoni boʻlib, u Erondagi eng yirik tuproqli toʻgʻon hisoblanadi. Toʻgʻon uzunligi 838 m, balandligi 78 m. Suv ombori sigʻimi 150 mln m³.
Toʻgʻonni qurish boʻyicha dastlabki tayyorgarlik ishlari Pahlaviy davridayoq boshlangan, ammo bu ishlar Islom inqilobi bilan toʻxtab qolgan. Va nihoyat, 1996-yilda (Eron taqvimi boʻyicha 1374-yil) Rafsanjoniy hukumati toʻgʻonni qurishga qaror qildi, lekin toʻgʻon joyini yuqoriga koʻchirdi. Toʻgʻon 2001-yilda ishga tushirilgan (E. taqvimi b.1379-y).
- Shiyade tuproq toʻgʻoni
Babol [3][4] shahridan 31–32 km janubda, Babolrud daryosining irmoqlari boʻlgan Bazrud va Chalim daryolari boʻyida joylashgan. Tuproq va loy aralashmasidan qurilgan. Uzunligi 450 m, balandligi 33 m boʻlgan toʻgʻon 2001-yilda foydalanishga topshirilgan. Maydoni 480 ming m² boʻlgan suv omborida 5 million m³ suv toʻplanadi. Unda koʻpi bilan 8 million m³ suv toʻplash mumkin. Suv ombori 2 ming gektar sholi maydonlarini yil davomida bir xil sugʻorish imkonini beradi[5]
- Sombolrud tuproq toʻgʻoni
Sombolrud toʻgʻoni Shirgoh shahridan 10 km gʻarbda Savadkuh shahristonidan oʻtuvchi Sombolrud daryosi boʻyida joylashgan (forscha: سنبل رود , Bobolrudning irmogʻi). Tuproq va loy aralashmasidan qurilgan. Toʻgʻon uzunligi 889 m, balandligi 122,5 m [6] . 2000-yilda foydalanishga topshirilgan. Suv havzasi sigʻimi 250 ming m². Unda 2 100 000 m³ suv toʻplangan. Bu 1100 gektar qishloq xoʻjaligi maydonini yil davomida bir xil sugʻorishni taʼminlaydi [7] .
Manbalar
tahrir- ↑ Iran. Masshtab 1:2 500 000. Karta GUGK, 1986
- ↑ „Опасность наводнений от Бабольруд“ (fa) (deadlink). 2015-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-fevral. (Wayback Machine saytida 2015-11-19 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Озера и дамбы в остане Мазендеран“ (fa) (deadlink). 2008-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. (Wayback Machine saytida 2008-09-29 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Дамба Шияде заполнена до краёв“ (fa) (deadlink). 2012-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. (Wayback Machine saytida 2012-06-23 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Земляная дамба Шияде“ (fa) (deadlink). 2013-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Дамба Сомбольруд“ (deadlink). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-fevral.
- ↑ Damba Sombolrud (Wayback Machine saytida 2015-11-30 sanasida arxivlangan)(fors.)