Bachadon tushishi
Bachadon tushishi – bachadon va diloqning oʻz oʻrnidan pastga siljishi bilan kechadigan kasallik; bunda bachadon toʻla (jinsiy teshikdan chiqib ketadi) yoki qisman (jinsiy teshikdan bachadon boʻyni chiqadi xolos) tu-shishi mumkin. Koʻproq yoshi kattaroq ayollarda kuzatiladi.
Ichki jinsiy aʼzolarni oʻz oʻrnida ushlab turadigan chanoq tubi muskullari faoliyatining buzilishi, qorin ichki bosimining ortishi, jinsiy aʼzolarning rivojlanmay qolishi, tugʻ-ruq asoratlari, organizm toʻqimalarining boʻshashishi va boshqa sabab boʻladi. Bachadon tushishi natijasida chanoqdagi boshqa aʼzolar: qovuq, toʻgʻri ichak devori ham siljiydi. Bachadon tushganda belda ogʻriq pay-do boʻladi, koʻp oqchil keladi, yurish qiyinlashadi. Agar bachadon toʻla tushgan boʻlsa, bemor siyishga qiynaladi, chunki siydik yoʻli bekilib qoladi, bunda kuchli ogʻriq, baʼzan bachadonning yalligʻlanish kasalliklari va bachadon boʻynida turli yarachaqalar hosil boʻli-shi kuzatiladi. Bemorning ahvoliga qarab davo tayinlanadi, zaruriyat boʻlsa operatsiya qilinadi. Hozirgi vaqtda operatsiya yangi – laparoskop apparati yordamida yengil oʻtkazilmoqda. Operatsiya qilish mumkin boʻlmasa, bachadon xalqasi (kolso)dan foydalanish tavsiya etiladi, buni faqat vrach (ginekolog) buyuradi. Bachadon tushishining oldini olish uchun, uning ilk alomatlari sezilganda dar-hol ginekologga koʻrsatish va buyurganlarini (jismonan zoʻriqmaslik, davo fizkulturasi bilan shugʻullanish, qorin devori boʻshashgan boʻlsa, bandaj taqish va boshqalar) bekam-koʻst bajarish lozim; bunda eng muhimi chilla davri tartibiga qatiy rioya qilishdir.
Bachadon tushishi hayvonlarda hamuchraydi. Bunda bachadon agʻdarilib, tashqariga chiqib qoladi. U, asosan, hayvonlarning vaqtidan oʻtib tugʻishi, buzoq va yoʻldoshning qiyinlik bilan tortib olinishi, hayvon tuqqandan keyin toʻlgʻoqning zoʻrayishi natijasida sodir boʻladi. B. tushganda jinsiy yoriqdan qizil goʻshtdor narsa chiqib, pochaning yuqorisigacha osilib qoladi. Oʻz vaqtida yordam berilmasa, bachadon qorayib, toʻq qizil rangga kiradi, soʻng nekroz hosil boʻladi. Davolash: sigirning chanoq to-monini yelkasiga qaraganda balandroq qilib qoʻyib, bachadondan yoʻldosh aj-ratiladi. Toʻlgʻoqni pasaytirish uchun 1% li novokain eritmasidan 20 – 30 ml yuboriladi. Bachadon achchiqtosh eritmasi yoki kaliy permanganatning kuchsiz (1:4000 – 6000) eritmasi bilan yuviladi. Bachadonni toʻgʻrilash uchun qin lablariga yaqinroq joyni qoʻl bilan qisib, chanoq boʻshligʻiga kirgiziladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |