Back to December“ amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swift ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning Speak Now (2010) nomli uchinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. Qoʻshiq 2010-yilning 12-oktabrida albom relizidan oldin promo-singl oʻlaroq iTunes Storeda eʼlon qilingan. 2010-yilning 15-noyabrida albomning ikkinchi singli oʻlaroq Big Machine Records leyblida chiqarilgan. „Back to December“ kantri pop janridagi pauer-balladadir. Qoʻshiq matnida ikki sevishgandan birining ajralishdan soʻng ikkinchisiga qarata oʻkinch bilan soʻralgan kechirimi haqida soʻz boradi.

„Back to December“
Taylor Swift qoʻshigʻi
„Speak Now“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 15-noyabr, 2010-yil(2010-11-15)
Janr
Davomiyligi 4:53
Leybl Big Machine
Matn muallif(lar)i Taylor Swift
Prodyuser(lar)
  • Nathan Chapman
  • Taylor Swift
Taylor Swift singllari xronologiyasi
„Mine“
(2010)
Back to December
(2010)
„Mean“
(2011)
Klipi
„Back to December“ YouTubeda

„Back to December“ qoʻshigʻi musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilangan. Tarona Billboard Hot 100 chartida oltinchi pogʻonagacha, Hot Country Songs chartida esa uchinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Amerika ovoz yozish assotsiatsiyasi (inglizcha: Recording Industry Association of America) tomonidan platina sertifikati bilan taqdirlangan. Canadian Hot 100 chartida yettinchi pogʻonagacha koʻtarilgan va Music Canada (MC) tomonidan oltin sertifikati bilan taqdirlangan. Avstraliya va Yangi Zelandiya chartlarida esa yuqori 40 talik safidan oʻrin egallagan.

Qoʻshiq uchun olingan klipga Yoann Lemoine rejissorlik qilgan. Klipda ikki oshiqning ajralish ortidan chekayotgan dard-alamlari tasvirlangan. Bundan tashqari, Swift qoʻshiqni 38-American Music Awards hamda 44-Country Music Awards taqdirlash marosimlarida ijro etgan.

Trek-list

tahrir
  1. „Back to December“ — 4:54
  • US Acoustic digital download[4]
  1. „Back to December“ (akustik versiya) — 4:52
  • Taylor Swift — vokal, produser
  • Nathan Chapman — produser
  • Justin Niebank — miksing
  • Hank Williams — mastering

Chartlar

tahrir

Reliz tarixi

tahrir
Mamlakat Sana Leybl Manba(lar)
  AQSh 12-oktabr, 2010-yil Big Machine [3]
15-noyabr, 2010-yil [18]
30-noyabr, 2010-yil
  • Big Machine
  • Republic
[19]
  Birlashgan Qirollik 20-mart, 2011-yil Universal [20]

Manbalar

tahrir
  1. „Back to December – Single“. iTunes Store. Qaraldi: 21-iyul 2011-yil.
  2. „Back To December“. 2012-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyul 2011-yil.
  3. 3,0 3,1 „Taylor Swift – Back to December – Single“. Apple Music. 2010-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-dekabr.
  4. „iTunes - Music - Back to December (Acoustic Version) - Single by Taylor Swift“. Itunes.apple.com (2011-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2011-yil 28-noyabr.
  5. "Taylor Swift – Back to December". ARIA Top 50 Singles. Qaraldi: 2012-yil 11-yanvar.
  6. "Taylor Swift Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2012-yil 11-yanvar.
  7. "Taylor Swift Chart History (Canada CHR/Top 40)". Billboard. Qaraldi: 2017-yil 7-noyabr.
  8. "Taylor Swift Chart History (Canada Country)". Billboard. Qaraldi: 2017-yil 7-noyabr.
  9. "Taylor Swift Chart History (Canada Hot AC)". Billboard. Qaraldi: 2017-yil 7-noyabr.
  10. "Taylor Swift – Back to December". Top 40 Singles. Qaraldi: 2012-yil 11-yanvar.
  11. "Taylor Swift Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2011-yil 13-yanvar.
  12. "Taylor Swift Chart History (Adult Contemporary)". Billboard. Qaraldi: 2011-yil 28-mart.
  13. "Taylor Swift Chart History (Adult Pop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2011-yil 20-yanvar.
  14. "Taylor Swift Chart History (Hot Country Songs)". Billboard. Qaraldi: 2011-yil 13-yanvar.
  15. "Taylor Swift Chart History (Pop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2011-yil 13-yanvar.
  16. „Best of 2011: Hot 100 Songs“. Billboard. Prometheus Global Media. 2011. Qaraldi: December 9, 2011.
  17. 17,0 17,1 17,2 „Best of 2011: Country Songs“. Billboard. Prometheus Global Media. 2011. Qaraldi: December 10, 2011.
  18. „Country Aircheck Chart Info“. Country Aircheck (2010-yil 8-noyabr), s. 13. 2022-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 8-noyabr.
  19. „Available for Airplay“. FMQB. 2010-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 28-dekabr.
  20. „Back To December (2011)“. 7digital. 2012-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-iyun.

Havolalar

tahrir