Choi Sung-hee (1980-yil 28-fevralda tugʻilgan), professional ravishda Bada nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi, bastakor, aktrisa va teleboshlovchi. U 1997-yilda Janubiy Koreyaning S.E.S. qizlar guruhi aʼzosi sifatida debyut qilgan. S.E.S. 2002-yil dekabr oyida tarqatib yuborilganidan soʻng, u oʻzining birinchi „A Day of Renew“ yakkaxon studiyaviy albomini 2003-yil oktyabr oyida chiqargan. Oʻshandan beri qoʻshiqchilik faoliyatini Aurora, Eyes, V.I.P, GoGoGo, Queen va Mad kabi qoʻshiqlar bilan davom ettirgan.

Bada
Tavalludi
Choi Sung-hee

28-fevral 1980-yil (1980-02-28) (44 yosh)
Janubiy Korea
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi Qoʻshiqchi, bastakor, aktrisa
Bolalari 1 nafar

Qoʻshiq yozish va ijro etishdan tashqari Notre-Dame de Parij, 200 pounds Beauty, Legally Blonde va Mozart! kabi sahna musiqalarining asl va koreys talqinlarioda ishtirok etishi orqali oʻzini aktrisa sifatida ham namoyon qilgan. U Eng yaxshi aktrisa sifatida uchinchi Musical mukofotini qoʻlga kiritgan va shu kungacha oʻnta klipda rol ijro etgan.[1]

Faoliyati tahrir

Bada S.E.S. bilan 1997-yilda debyut qilgan. Guruh 1997-yil 1-noyabrda I’m Your Girl debyut albomini chiqargan. Keyinchalik S.E.S. eng koʻp albomi sotilgan K-pop qizlar guruhiga aylangan. Guruh debyutidan keyin beshta koreys, ikkita yapon albomini chiqargan. Guruh tarqalishidan oldin 2002-yil oxirida „Friend“ nomli koreys albomini chiqardi. Aʼzolar Bada va Eugene SM Entertainmentdan ajralib chiqqan, Shoo esa 2006-yilgacha kompaniyada qolishni tanlagan.

2020-yil 19-aprelda Bada butun dunyo boʻylab COVID-19 ga qarshi kurashayotgan tibbiyot mutaxassislari uchun Yang Hee-eunning „Evergreen“ qoʻshigʻining yangicha talqinini ijro qilgan hamda 19-aprel inqilobining 60 yilligini nishonlash uchun 33 nafar qoʻshiqchi bilan sahnada chiqish qilgan.[2]

Shaxsiy hayoti tahrir

2017-yil 13-yanvarda uning agentligi oʻzidan toʻqqiz yosh kichik restoran egasiga turmushga chiqishini tasdiqlagan.[3] Uning toʻyi 2017-yil 23-martda Seulda boʻlib oʻtdi.[4][5] 2020-yil 30-avgust kuni Bada oʻzining fanakkauntida homiladorligi haqida post joylashtirgan.[6] 2020-yil 7-sentyabrda u birinchi qiz farzandini dunyoga keltirgan.[7]

Diskografiyasi tahrir

Albomlari tahrir

  • A Day of Renew (2003)
  • Aurora (2004)
  • Made in Sea (2006)
  • See the Sea (2009)

Maxsus albomlari tahrir

  • Flower (2016)
  • Summertime (2016)

Filmografiyasi tahrir

Televideniyeda tahrir

Yil Sarlavha Izohlar
2006-yil X-Man 2006-yil 21-may
2006-yil 26-noyabr[8]
2009-2012 Infinite Challenge 2009-yil 31-oktyabr
2011-yil 30-aprel
2012-yil 7-yanvar[9]
2012-yil Golden Fishery Radio Star 2012-yil 14-iyun[10]
2013-yil Adrenaline 2 2013-yil 16-aprel[11]
Imortal Songs 2 2013-yil 20-aprel[12]
2013-yil 1-iyun — gʻalaba qozondi[13]
2013-yil 31-avgust — gʻalaba qozondi[14]
2013-yil 7-sentyabr[15]
2017-yil Idol School Oddiy vokal murabbiyi
2021-yil The Penthouse 2: War in Life Kameo[16]

Manbalar tahrir

  1. „네이버 인물정보“. Naver. Qaraldi: 9-may 2013-yil.
  2. „TXT, 슈퍼주니어 등 34명 "4.19 60주년 기념 '상록수' 부른다"“.
  3. Lee Han-soo. „K-pop diva Bada to wed entrepreneur in March“ (ko). The Korea Times (13-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 2-fevral 2017-yil.
  4. Eom Da-sol. „K-pop diva Bada ties knot with entrepreneur“. The Korea Times (23-mart 2017-yil). Qaraldi: 26-mart 2017-yil.
  5. Jie Ye-eun. „S.E.S' Bada walks down aisle“. KPop Herald (23-mart 2017-yil). Qaraldi: 26-mart 2017-yil.
  6. Kim, Yeon-ah. „Former S.E.S. member Bada is expecting her first child“. Korea JoongAng Daily (31-avgust 2020-yil). Qaraldi: 10-sentabr 2020-yil.
  7. Jeong, Eun-hee. „바다, 오늘(7일) 득녀 "산모와 아기 모두 건강해…축하와 축복 감사해"“ (ko). Sports World. Naver (7-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 10-sentabr 2020-yil.
  8. List of X-Man episodes
  9. Infinite Challenge#Guests
  10. „Bada sheds tears discussing a broken relationship on 'Radio Star'“. Allkpop. Qaraldi: 9-may 2013-yil.
  11. „바다, 절친 박건형 위해 '아드레날린2' 전격 출연“. Nate News. Qaraldi: 9-may 2013-yil.
  12. „Jay Park returns to 'Immortal Song 2′“. Allkpop. Qaraldi: 9-may 2013-yil.
  13. „바다 '불후' 이승철편 최종우승, 바욘세 일냈다“. Nate News. Qaraldi: 15-iyun 2013-yil.
  14. „'불후' 바다, 전영록 '불티'로 4연승 최종우승…진격의 여전사“. Nate News. Qaraldi: 31-avgust 2013-yil.
  15. „DJ처리 바다 '너는 왜', 철이와미애 능가하는 '철이와바다'“. TV Daily. 7-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-sentabr 2013-yil.
  16. Kim Jin-seok. „[단독S.E.S 바다, 유진 인연으로 '펜트하우스' 특별출연“] (ko). isplus.joins (3-fevral 2021-yil). Qaraldi: 3-fevral 2021-yil.