Badaxos

Ispaniya janubi-gʻarbidagi shahar

Badaxos – Ispaniya janubi-gʻarbidagi shahar, Estremadura muxtor viloyatida, Gvadiana daryosi sohilida. Badaxos provinsiyasi maʼmuriy markazi. Portugaliya chegarasidagi tranzit punkt. Aholisi 128 ming kishi (1990). Koʻnteri sanoati rivojlangan. Vinochilik, toʻqimachilik, chinni buyumlar ishlab chiqarish korxonalari bor. Sobor (13-asr) va 32 ravoqli Palmas koʻprigi (16-asr) kabi meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil