Nikolay Dmitriyevich Badayev (1915.21.4 (4.5), Mordva, Torbeevo stansiyasi – 1990.6.5, Samarqand) – aktyor, rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Ashxobod, Tambov, Poltava shahri teatrlarida, 1946-yildan Samarqanddagi viloyatlararo rus drama teatrida ishlagan. Uning Yago (U. Shekspir, "Otello"), Mulladoʻst, Norboyvachcha (Hamza, "Maysaraning ishi", "Xolisxon"), Tursunov (S. Azimov, "Assalom yulduzlar"), Shayxulislom (M. Shayxzoda. "Mirzo Ulugʻbek") kabi obrazlari yorqin va taʼsirchan. B. bir qancha asarlarni sahnalashtirgan; oʻzbek filmlarida suratga tushgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil