Badr ota masjidi — Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, Qoracha qishlogʻida joylashgan yodgorlik. Masjid Buxoro amirligida hukmronlik qilgan mangʻitlar sulolasi vakili Amir Nasruloxon tomonidan 1855-yilda bunyod etilgan. Masjid Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Mazkur masjid Buxoro amiri Amir Nasrulloxon tomonidan qurilgan boʻlib, bir necha marotaba taʼmirlangan. 1996-yilda masjidda loyihasiz taʼmirlash ishlari olib borilgan. Masjid ayvonli, bir qavatli boʻlib, 2 ta yopiq xonaqoh zalidan iborat. Masjid ichkarisida temirdan yasalgan nayzasimon hasso boʻlib, unda imom xutba oʻqish paytida ushlab turgan. Ushbu hasso uchidagi dumaloq qismda „Basmala“ va undan keyin Rasululloh (s.a.v.) ismlari va 12 ta shia imomi ismlari bitilgan[1]. Hassoda shunday yozilgan: „Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Muhammad — Allohning elchisi, Ali ibn Abu Tolib, Hasan ibn Ali, Husayn ibn Ali, Ali Zaynulobidin, Muhammad Boqir, Jaʼfar as-Sodiq, Muso al-Kozim, Ali ar-Rizo, Muhammad al-Javod, Ali Hodiy, Hasan al-Askariy, Muhammad Mahdiy[2]“. Masjid ayvonida 7 ta ustun boʻlib, bir ustunda ikki misradan iborat sheʼriy tarix tilida yozilgan. Hozirgi kunda ushbu bitik oʻqib boʻlmaydigan holatga kelgan. Ushbu bitikni epigroflar oʻqishga muyassar boʻlgan: „Osmon taxtinin yasadi sulton Amir Nasrulloh, uning benazir baland ayvoni ziynatlandi[3]“. Masjid Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Masjid qurilishida pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch va boshqa materiallardan foydalanilgan. Mazkur masjid sovet yillarida mineral oʻgʻitlar omboriga aylantirilgan. Bino 9 x 9 metrni tashkil etadi[4]. Masjid oldida azonxona yaʼni minora mavjud.

Badr ota masjidi
Muqobil nomlari Badr ota masjidi

Umumiy maʼlumot
Turi masjid
Shahar Navoiy
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan 1855-yil
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch

Manbalar tahrir

  1. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 269.
  2. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 271.
  3. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий 2015, s. 273.
  4. „Бадр ота масжиди“. hazratnavoi.uz. Qaraldi: 2023-yil 29-iyul.

Adabiyotlar tahrir

Ilmiy adabiyotlar tahrir

  • Абдухолиқов Ф, Ртвиладзе Э, Ҳакимов А, Абдуҳалимов Б, Мансуров А, Маннонов А, Муҳамедов Н, Раззоқов А, Раҳимов К. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий. Тошкент: Uzbekistan Today, 2015 — 376 bet. ISBN 978-9943-4509-5-0. 

Havolalar tahrir