Badriddin (14-asr) – samarqandlik binokor usta. B. usta Shamsuddin va usta Zaynuddinlar bilan hamkorlikda Shoxizinda ansambli (Samarqand)dagi Shodi Mulk ogʻo maqbarasini qurgan (1373). Bu haqda maqbara peshtoqining sharafasi va ustun bezagi orasiga yozilgan. B. va uning hamkorlari binoning umumiy koʻrinishini nafis va jozibali qilib ishlash, bezak uslubini takomillashtirish, naqshlarini murakkablashtirish yoʻli bilan markaziy mujassamotli, bir xonali maqbaralar meʼmorligida burilish yasagan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil