Badriddin madrasasi
Badriddin madrasasi Xoja Abduhalim guzarida joylashgan bo‘lib u 15 hujradan iborat bo‘lgan.
Badalbek ko‘hna madrasasi | |
---|---|
Turi | madrasa |
Xarita |
Tarixi
tahrirUning yillik vaqf mablag‘i 16 ming tangadan iborat bo‘lgan. U Amir Nasrullaxon zamonida bunyod etilgan. Uni qurdirgan kishi hindistonlik musulmonlardan bo‘lgan. Tariqatda naqshbandiy-mujaddidiy bo‘lishi mumkin. Ismi Badriddin. Tijorat ishlari bilan Buxoroga kelib qolgan. Manbalarda Mir Badriddin sohibkor nomi bilan ham uchraydi. Bu madrasa faoliyatiga tegishli uchta hujjat topilgan. Qozikalon Abdushukur arznomasida Mir Badriddin sohibkor masjidi hujralari mudarrisi mulla Abdulloh Jaʼfarxoja naqib madrasasiga o‘tkazilgani bildiriladi. Uning bo‘sh qolgan o‘rniga Shayx Jalol madrasasi mudarrisi mulla Muhammad Yaʼqub tayinlangan. Uning Maoshi 25 tilla bo‘lgan. Ushbu dargohda mulla Hodixoja ham talabalarga dars bergan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 208.