Bagʻdod ipak qurti
Bagʻdod ipak qurti – Bagʻdod shahridan keltirilgan monovoltin zotiga mansub ipak qurti. Pillasi yirik (2 – 3 g), shakli uzunchoq, beldor, rangi oq, baʼzan sargish-yashil. Pillasidan 14 – 17% ipak chiqadi, ipakning tortilish miqdori 60 – 80%. Bagʻdod ipak qurti qurti Oʻzbekistonda qadimdan boqib kelingan. Oq pilla olishga kirishilgach, bundan voz kechilgan. Qisman seleksiya ishlarida foydalaniladi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |