Bagʻlan (dariycha: بغلان — Baġlān, pushtucha: بغلان — Afgʻonistonning shimoli-sharqidagi viloyat. Maʼmuriy markazi — Puli-Xumri shahri. Gʻarbda Samangan, shimolda Qunduz, shimoli-sharqda Taxar, janubi-sharqda Panjshir, janubi-gʻarbda Bomiyon, janubda Parvon viloyatlari bilan chegaradosh.

TarixiTahrirlash

Bagʻlon viloyati 1964-yilda sobiq Kattagʻon (Katagʻon) viloyatining boʻlinishi natijasida tashkil topgan.

Afgʻoniston urushi yillarida (1979-1989) 201-motooʻqchilar diviziyasining harbiy qismlari (boʻlinmalari) Bagʻlon viloyatining Puli Xumri, Bagʻlon, Banu, Doshi va boshqalar tumanlarida joylashgan edi.

1998-yil 25-avgustdan 2001-yilgacha viloyatni Tolibon boshqargan.

AholiTahrirlash

Viloyatda hazoralar — ismoiliylar[1] (15 %), tojiklar (55 %), pushtunlar (20 %), oʻzbeklar (9 %) va tatarlar istiqomat qiladi.

Maʼmuriy boʻlinishTahrirlash

Bagʻlon viloyati 15 tumanga boʻlingan:

  • Andarab
  • Bagʻloniy jadid
  • Burka
  • Guhargahi Nur
  • Dahanai Xuri
  • Dih Saloh
  • jonlar
  • Nahrin
  • Puli-Hisor
  • Puli Xumri
  • Tala-va-Barfak
  • farang-va-hari
  • Xoja Nijran
  • Xinjon
  • Xost-wa-fereng
  • Dande Gori

HavolalarTahrirlash

EslatmalarTahrirlash

  1. „Исмаилизм“. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-dekabr 2006-yil.