Bagʻrir
Baghrir[1] yoki begʻrir (البغرير) — Magʻrib mamlakatlarida ishlatiladigan blin, quymoqli xamir. Kichik, gʻovak-gʻovak, bugʻdoy yormasi va undan tayyorlanadi. Boshqa ingrediyentlar: tuxum, koʻpchitish kukuni, xamirturush, suv, oʻsimlik yogʻi, tuz. Toʻgʻri pishirilganda, ularda mayda teshiklar ochiladi va ular qoʻshilgan har qanday sousni soʻrib oladi. Jazoir va Marokashda bagʻrirni isteʼmol qilishning eng keng tarqalgan usuli ularni asal-yogʻ aralashmasiga botirishdir, lekin boʻlaklab, murabbo bilan dasturxonga qoʻysa ham boʻladi. Odatda bu blinchiklarga mayiz ham qoʻshiladi. Bagʻrir nonushta uchun, Ramazon oyida iftorlik yeguligi sifatida mashhurdir[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Berber, Casey „Breakfast food around the world“. CNN Travel (27-may 2019-yil). 2019-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-sentabr 2019-yil.
- ↑ „Moroccan Baghrir“. Moroccan World News (18-sentabr 2019-yil). 2019-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
Adabiyotlar
tahrir- Marokkanskie blinchiki Bagrir, Katerina Gurme. Yedabilie. Kniga sitnoy i poleznoy edi. Vkusnie blyuda na lyuboy sluchay, s.49, ISBN 5-04-157338-7, 9785041573386
- Bagrir, ili arabskie blinchiki O. V. Babkova. Vsyo o domashnem xlebe. Luchshie resepti domashney vipechki: luchshie resepti. — M: Ripol Klassik, 2015, ISBN 5-386-03237-2, 9785386032371