Bagama orollari davlat madhiyasi

Bagama orollari marshi“ Bagama orollarining milliy madhiyasidir. Timoti Gibson tomonidan musiqa bastalagan va uning soʻzlariga ham mualliflik qilgan. Bagama orollarining madhiyasi davlat ramzi sifatida 1973-yilda, mamlakat Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishganida qabul qilingan. Oldingi madhiya „Xudo qirolichani asrasin“ qirollik madhiyasi sifatida saqlanib qolgan.


Bagama orollarining gerbi

 Bagamalar davlat madhiyasi
Soʻz muallif(lar)i Timothy Gibson, 1973
Bastakor Timothy Gibson
Qabul qilindi 1973 yil 10 iyul; 49 yil oldin
Audio
Bagama orollari davlat madhiyasi

Tarix tahrir

Bagama orollari 1717-yilda Britaniya imperiyasi tarkibidagi toj mustamlakasiga aylandi. Orollarga 1964-yilda ichki avtonomiya berildi. Mustaqillik boʻyicha muzokaralar sakkiz yildan soʻng, Progressiv Liberal partiya 1972-yilgi saylovlarda gʻalaba qozonganidan soʻng boshlandi[1]. Binobarin, boʻlajak davlat madhiyasini aniqlash uchun keyinchalik tanlov oʻtkazilgan.

Yakunda Timoti Gibson tomonidan yozilgan matn va musiqa tanlab olindi[2]. Gibson maktab musiqa oʻqituvchisi boʻlgan[3]. Shuningdek, E. Clement Bethel bilan birgalikda mamlakat milliy qoʻshigʻi — „Quyoshli iqlimimizni Xudo asrasin“ musiqasini yozgan[4]. Qoʻshiq rasman 1973-yilda, mamlakat mustaqillikka erishgan yili qabul qilingan. Madhiya yangragan birinchi ommaviy tadbirlardan biri 1973-yil 10-iyul kuni Nassaudagi Klifford bogʻida Buyuk Britaniyaning Bagama orollari ustidan hukmronligi tugashiga bagʻishlangan yarim tunda bayroqni koʻtarish marosimida boʻldi[5].

Bagama orollari mustaqillikka erishgandan keyin Hamdoʻstlik davlati boʻlib qolganligi sababli, „Xudo Qirolichani asrasin“ mamlakatning qirollik madhiyasi sifatida saqlanib qoldi. Bu madhiya 1982-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlari medalini topshirish marosimida ikki marta xatolik bilan yangradi,[6] oʻshanda Shonel Ferguson ayollar oʻrtasida uzunlikka sakrashda oltin medalni qoʻlga kiritgan. U har safar shohsupadan tushib, „Bagama orollari marshi“ qoʻshigʻi ijro etilishini istashini bildirdi. Rasmiylar ularda bu qoʻshiqning yozuvi yoʻqligini tushunishdi, shuning uchun Bagam delegatsiyasi oʻzlari madhiyalarini kuyladilar.[7]

Matn tahrir

Lift up your head to the rising sun, Bahamaland;
March on to glory, your bright banners waving high.
See how the world marks the manner of your bearing!
Pledge to excel through love and unity.

Pressing onward, march together
to a common loftier goal;
Steady sunward, thoʻ the weather
hide the wide and treacherous shoal.

Lift up your head to the rising sun, Bahamaland,
'Til the road you’ve trod lead unto your God,

March on, Bahamaland!

Manbalar tahrir

  1. „Bahamas profile“. BBC News. Qaraldi: 2020-yil 18-iyun.
  2. Minahan, James B.. The Complete Guide to National Symbols and Emblems. ABC-CLIO, December 23, 2009 — 664 bet. ISBN 9780313344978. 
  3. Collie, Linda; Smith, Annamaria; Wright, Liesl. Preserving Our Heritage, Level 1. Heinemann, December 21, 2004 — 45 bet. ISBN 9780435984731. 
  4. „National Symbols“. Embassy of the Bahamas to the United States of America. Ministry of Foreign Affairs of The Bahamas. 2020-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-iyun.
  5. „The Bahamas, Amid Pomp and Calypso, Becomes Independent“ (1973-yil 11-iyul), s. 2. Qaraldi: 2020-yil 18-iyun.
  6. Craton, Michael; Saunders, Gail. A History of the Bahamian People: From the Ending of Slavery to the Twenty-First Century. University of Georgia Press, 2000 — 475 bet. ISBN 9780820322841. 
  7. „Bahamas Gold Medals Brisbane 1982“. Commonwealth Games Federation. 2020-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-iyun.

Havolalar tahrir