Bahodir Xoliqov
Bahodir Meylikovich Xoliqov (1968-yil 21-mart, Shahrisabz tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR — oʻzbekistonlik agronom olim, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (2007), professor (2014).
Bahodir Meylikovich Xoliqov | |
---|---|
Tavalludi |
21-mart 1968-yil Shahrisabz tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | agronom |
Sohasi | qishloq xoʻjaligi |
Taʼlimi | Toshkent davlat agrar universiteti |
Ilmiy darajasi | qishloq xoʻjaligi fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirBahodir Xoliqov 1968-yil 21-mart, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida tugʻilgan[1]. 1993-yila Toshkent davlat agrar universitetining agronom mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1993—1995-yillarda O‘zbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti aspiranti, 1995—1996-yillarda kichik ilmiy xodim, soʻngra katta ilmiy xodim, 1997—2007-yillarda bo‘lim boshlig‘i, 2007—2010-yillarda institutning umumiy va ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha direktor oʻrinbosari, 2010—2012-yillarda ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2012—2014-yillarda institut direktori, 2014—2018-yillarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi bosh direktorining o‘rinbosari, 2018—2020—yillarda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari, Fanlar akademiyasining qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi (Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi) bosh direktori[2] lavozimida faoliyat yuritgan[1]. 2020-yildan Toshkent davlat agrar universiteti oʻqituvchisi.
Ilmiy faoliyati
tahrirBahodir Xoliqov 1997-yilda qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, 2007-yilda qishloq xo‘jaligi fanlari doktori ilmiy darajasini, 2014-yilda professor ilmiy unvonini olgan. 2016-yildan Turon Fanlar akademiyasining akademigi. Bahodir Xoliqovning ilmiy ishlari ekin maydonlaridagi tuproq unumdorligi va uning hosildorlik qobiliyatini muttasil oshirish va saqlash, g‘o‘za, kuzgi boshoqli don ekinlari hamda boshqa ekinlardan mo‘l va sifatli hosil yetishtirishga oid. 500 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 14 ta monografiya, 17 ta o‘quv va uslubiy qo‘llanma, 254 ta ilmiy maqolalar muallifi[1].
Mukofotlari
tahrir- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yil“ esdalik nishoni (2006);
- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yil“ esdalik nishoni (2011);
- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yil“ esdalik nishoni (2016)[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ „Oʻzbekiston-Rossiya: qishloq xo'jaligi sohasidagi hamkorlik“ (2018-yil 18-oktyabr). 2023-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-iyul.