Bahora Xuramzod
Bahora Xuramzod (1958-yil 19-dekabr, Ansaralmos, Samarqand) – olim, sanʼatshunos, fan doktori (2004), dotsent (2002). Tojikiston Fanlar akdemiyasi aʼzosi (1984).
Bahora Xuramzod | |
---|---|
Tavalludi |
19-dekabr 1958-yil Samarqand, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Sohasi | Sanʼatshunos |
Ish joylari | Tojikiston Fanlar akademiyasi |
Taʼlimi | Samarqand davlat tibbiyot universiteti |
Hayoti
tahrirBahora Xuramzod 1958-yil 19-dekabrda Samarqand shahrida tugʻilgan. Samarqand shahar 37-son oʻrta maktabda tahsil olgan. 1975-yilda A.Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetida oʻqishga kirgan. Universitetni aʼlo baholarga tamomlab, Tojikistonga kelgan (1979). Tojikiston Fanlar akademiyasida aspirant, kichik ilmiy xodim boʻlgan. Tojikiston Fanlar akademiyasi Ahmad Donishi nomidagi Tarix va arxeologiya instituti sanʼat boʻlimi katta ilmiy xodimi (1979—1994). 1993-yilda professor Nizom Nurjonov rahbarligida „Tarixiy tojik dramaturgiyasi va uning sahna timsoli“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1994-yildan boshlab A.Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetida mehnat faoliyatini yuritgan. Hozir Samarqand shahrida istiqomat qiladi. Tojik adibi Hazrat Sabohiyning rafiqasi hisoblanadi.
Ilmiy faoliyati
tahrirTojikiston, Oʻzbekiston, Eron, Amerika Qoʻshma Shtatlarida ilmiy toʻplamlari va universitetlarida dramaturgiya va tojik teatri, madaniyatshunoslik muammolariga oid 60 dan ortiq ilmiy maqola va 3 ta monografiya, 15 ta tezis hamda maʼruzalar muallifi. Jumladan, „Sahna va tarixiy shaxs“ (rus tilida, Samarqand, „Sugʻdiyona“, 1998), „Tugallanmagan qoʻlyozmalar“ (Mahmudjon Vohidov hayotidan, „Devashtich“, 2005) kitoblari muallifi[1]. Turkiyada (1989), Suriyada (1990), Tallinda (1990), Rossiyada (1992), AQShda (2004) Markaziy Osiyo madaniyatiga bagʻishlangan xalqaro konferensiyalarda ishtirok etgan. Tojikiston va Oʻzbekiston davriy nashrlarida („Adabiyot va sanʼat“, „Samarqand ovozi“ kundalik gazetalari) 60 ga yaqin ilmiy maqola va maʼruza tezislari chop etilgan. „Shohnoma va teatr“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Norveg faylasufi Gunnar Snirbek va Nils Giljening mashhur „Falsafa tarixi“ kitobini tojik tiliga tarjima qilgan[2][3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Имрӯз 19-уми декабр — зодрӯзи олим, санъатшинос, доктори илмҳои санъатшиносӣ Баҳора Хуррамзод мебошад“. www.ovozi.uz. Qaraldi: 27-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Сухане аз ҳамкориҳои Дамир Дӯстмуҳаммадов ва Баҳор Хуррамзод“. www.farazh.tj. Qaraldi: 27-sentabr 2023-yil.
- ↑ Aslho va naslho. – Dushanbe, 2013, – S. 163 ISBN 978-99947-958-2-6