Hazrat Sabohiy(1948-yil 15-dekabr, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – tarjimon, yozuvchi, adabiyotshunos. U Tojikiston jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, 1988-yilgi sanʼat sohasidagi eng yaxshi yozuvchi mukofoti laureati[1].

Hazrat Sabohiy
Tavalludi 15-dekabr 1948-yil (1948-12-15) (76 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRTojikiston bayrogʻi Tojikiston
Kasbi jurnalist, sanʼatshunos, tarjimon
Faoliyat yillari 1971-yil-hozirgacha

Biografiyasi

tahrir

Hazrat Sabohiy 1948-yil 15-dekabr kuni Oʻzbekiston SSR ga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. U 1971-yil Lenin nomidagi Ukraina davlat filologiya fakultetining jurnalistika yoʻnalishini tamomlaydi. 1971-yildan 1976-yilgacha „Tojik komsomoli“ gazetasida ilmiy xodim sifatida faoliyatini boshladi. Hazrat Sabohiy 1971-yili Tojikiston SSR Fanlar akademiyasida katta ilmiy xodim boʻlib ishladi. 1972-yildan 1997-yilgacha Tojikiston Fanlar akademiyasining tarix va arxeologiya institutida sanʼatshunoslik boʻlimi mudiri boʻlib ishladi. Hazrat Sabohiy 1997-yildan 2000-yilgacha „Samarqand ovozi“ gazetasida masʼul kotib lavozimida ishladi. U 2000-yildan 2011-yilgacha Eron Islom Respublikasidagi Xuroson madaniyati tashkilotida tarjimon sifatida faoliyat yuritdi. 2011-yil Tojikiston Milliy axborot agentligida muharrir va tarjimon boʻlib ishlaydi. Hazrat Sabohiy ayni paytda Samarqand viloyatidagi Samarqand shahrida yashab, ijod qilmoqda[2].

Hazrat Sabohiy 1979-yil „Sadriddin Ayniy asarlari kinematografiya asosi“ nomli asarini yozib tugatadi. Xuddi shu kitobi uchun 1988-yil „Yilning eng yaxshi sanʼat kitobi“ nominatsiyasini olgan. U 1998-yil „Shohnoma“ asarini yozgan. 2010-yil esa, „Ismoil Somoniy“ nomli asarini yozdi. Hazrat Sabohiy Oʻzbekistondagi tojik tilida taʼlim beriladigan umumtaʼlim maktablarining 4-sinf oʻquvchilariga moʻljallangan „Tojik tili“ darsligi muallifi hisoblanadi. Hazrat Sabohiyning 100 dan ortiq maqolalari Tojikiston, Eron, Afgʻoniston, Rossiya, Ukraina va Litva davlatlarining jurnal va gazetalarida chop etilgan.

Manbalar

tahrir