Bahori ekinlar – bahorda ekiladigan va shu yilning oʻzida hosil beradigan bir yillik ekinlar. Bir vegetatsiya davri (bahorgi-yozgi) bilan kuzgi ekinlardan farqlanadi. Bahori ekinlar ga donli, don-dukkakli, moyli, tola beradigan oʻsimliklar, bir yillik ozuqabop dukkakli oʻsimliklar, gʻalladoshlar va boshqa kiradi. Baʼzi ekinlar shartli ravishda bahorgi va kuzgi xillarga boʻlinadi, ularning orasida kech kuz va erta ba-horda eqilganda xrsil beradigan oraliqformalar –duobalari hambor. Baʼzi ikki yillik oʻsimliklar (bahorda eqilganida shu yilning oʻzida hosil beradigan oʻsimliklar) va koʻp yillik oʻsimliklar (bir yillik ekinlar tariqasida ekiladigan pomidor, tamaki singari ekinlar) ham Bahori ekinlar ga kiradi.

Qurgʻoqchil joylarda Bahori ekinlar ni yetishtirishda tuproqda namni saqlab qolishga imkon beradigan agrotexnika usullari – erta shudgorlash, qor toʻplash, ekinni optimal muddatlarda ekish va boshqa muhim ahamiyatga ega.==========================

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil