Bahouddin Muhammad ibn Muayyad al-Bogʻdodiy
Bahouddin Muhammad ibn Muayyad al-Bogʻdodiy (12-asr) — tarixchi olim. Xorazmning Bogʻdod qishlogʻida tugʻilib, Xurosonning Niso sh.da yashagan. Xorazmshoh Takash (1172 — 1200) uni saroy xizmatiga taklif qiladi va munshiylar devoniga boshliq qilib tayinlaydi. B. M. devon boshilik davrida yiqqan turli vasiqa va hujjatlar, boshqa davlatlar bilan boʻlgan yozishmalarni doʻstlarining iltimosi va podshohning buyrugʻi bilan toʻplab, ularga "Attavassul ilattarassul" ("Yozishmalarni qoʻlga kiritish") nomini beradi. Bu asarda 1182 va 1184 yillardagi voqealar, davlat va devon ishlariga oid muhim tarixiy maʼlumotlar bor. Leyden va Parij kutubxonasidagi bu asar qoʻlyozmasini 1936 yil Tehronda Ahmad Baxmanyor birinchi marta nashr etgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |