Bahouddin ibn Shaddod (toʻliq ismi: Abulmahosin Yusuf ibn Rofiʼ ibn Shaddod al-Asadiy) (1145 – 1234) – arab tarixchisi, faqihi. Bagʻdodda ay-yubiylar sultoni Salohuddin al-Ayyubiy (1138 – 91) saroyida avval qoziaskar, keyinchalik Quddusi Sharif hokimi etib tayinlanadi. Sulton Salohuddin vafot etgach, uning oʻgʻli sulton Az-Zo-hir Gʻoziy (1167–1215) uni Halab qozisi etib tayinlaydi. Bahouddin Ibn Shaddod Sh. oʻzi kurgan "Dor ul-hadis" ("Hadis uyi") madrasasida umrining oxiriga qadar mudarrislik qachib, bir qancha asarlar yaratadi. Ulardan eng mashxuri – "Siyrat Salo-xiddin al-Ayyubiy" ("Salohuddin al-Ayyubiy sarguzashti") nomli tarixiy asaridir. Bahouddin Ibn Shaddod Sh.ning fiqhga doyr "Mal-jaʼ al-ahkom inda iltibos al-ahkom" ["Hukmlar chalkash boʻlganda murojaat qilinadigan (toʻgʻri) hukmlar kitobi"], "Daloil al-ahkom" ("Hukmlar dalillari") kabi asarlari ham mavjud.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil