Bahrainona (arabcha:bḥrynnạ; „Bizning Bahraynimiz“; nsẖyd ạlbḭryn ạlwṭny Našīd al-Baḥrayn al-waṭanī) — Bahrayn milliy madhiyasi. Dastlab madhiya 1942-yilda instrumental kuy sifatida yaratilgan boʻlib, 1985-yilda qoʻshiq soʻzlari qoʻshilgan va 2002-yilda mamlakat amirlikdan qirollikka aylantirilgandan soʻng bir qancha oʻzgartirishlar kiritilgan[1].


 Bahrayn davlat madhiyasi
Soʻz muallif(lar)i Mohamed Sudqi Ayyash, 1985
Bastakor Mubarak Najm Al-Najm
Qabul qilindi 1971
Audio
Bahrayn davlat madhiyasi

Madhiya dastlab 1942-yilda ziyofatlarda va bir qancha shu kabi rasmiy tadbirlarda ijro etilishi uchun yaratilgan va bu orqali Bahrayn milliy madhiyani qabul qilgan birinchi arab davlatlaridan biriga aylangan. Politsiya guruhining rahbarlari keyingi yillarda musiqaga koʻplab oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritdilar, eng muhimi 1972-yilda, Bahrayn Buyuk Britaniyadan mustaqil boʻlganidan bir yil oʻtgach kirtilgan oʻzgartirishlar hisoblanadi. Oʻzgartirishlardan soʻng 1972-yilgi tadbirda madhiya ikki marta ijro etilgan.

1985-yilda politsiya guruhining sobiq rahbari, polkovnik Muhammad Sudqiy Ayyash madhiya uchun qoʻshiq soʻzlarini yozgan, matn 2002-yilgacha ishlatilgan. Oʻsha yili Milliy Harakat Xartiyasining paydo boʻlishi va konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish referendumi bilan mamlakat hukmdori Hamad ibn Iso Al Khalifah tomonidan madhiyaga yangi oʻzgartirishlar kiritilishi eʼlon qilingan. Madhiya matnidagi Xalifa podshoh va mamlakat shohlik kabi bir qancha soʻzlar Qirollik saroyi vaziri Khalid bin Ahmed Al Khalifa tomonidan oʻzgartirildi. Guruh rahbari general-mayor Mubarak Najm Al-Najm harbiy orkestr tarkibiga, jumladan, yakuniga tegishli tuzatishlar kiritdi. Orkestr versiyasi esa bahraynlik bastakor Ahmed Al-Jumairi tomonidan aranjirovka qilingan va Londondagi London Filarmonik orkestri bilan birgalikda yozilgan.

arabcha asl[2] Arabchani lotinlashtirish IPA transkripsiyasi Ingliz tilidan soʻzma-soʻz tarjima

بحريننا
مليكنا
رمز الوئام


دستورها عالي المكانة والمقام
ميثاقها نهج الشريعة والعروبة والقيم
عاشت مملكة البحرين

بلد الكرام
مهد السلام

Baḥraynunā
Malīkunā
Ramzu l-wiʾām


Dustūruhā ʿālī l-makānati wa-l-maqām
Mīṯāquhā nahju š-šarīʿati wa-l-ʿurūbati wa-l-qiyam
ʿĀšat mamlakatu l-Baḥrayn

Baladu l-kirām
Mahdu s-salām

{{IPA|[bɑħ.ræj.nu.næː]
[mæ.liː.ku.næː]
[rɑm.zʊ‿l.wɪ.ʔæːm]

[kuː.rɑːl]
[dʊs.tuː.rʊ.hɑː ʕɑː.lɪː‿l.mæ.kæː.næ.tɪ wɑl.mɑ.qɑːm]
[miː.θæː.qʊ.hæː næh.d͡ʒʊ‿ʃ.ʃæ.rɪː.ʕɑ.tɪ wɑl.ʕʊ.ruː.bæ.tɪ wɑl.qɪ.jæm]
[ʕɑː.ʃæt mæm.læ.kæ.tʊ‿l.bɑħ.ræjn]

[bæ.læ.dʊ‿l.kɪ.rɑːm]
[mæh.dʊ‿s.sæ.læːm]

Our Bahrain
Our King
Symbol of harmony


Its Constitution is of high status and position
Its Charter is the way of Shari’a, Arabism and values
Long live the Kingdom of Bahrain!

Country of nobles
Cradle of peace

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir