Bay Yuefeng (1987-yil 25-mayda tugʻilgan), sobiq ismi Bay Ley millati koreys boʻlgan xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasida „Tianjin Teda“ klubida oʻynaydi.

Bai Yuefeng
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 25-may 1987-yil (1987-05-25) (36 yosh)
Tavallud joyi Yanbian, Xitoy
Boʻyi 1.77 m (5 ft 10 in)
Ampluasi [[Himoyachi]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Tianjin Teda
Raqami 19
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999—2005 Beijing Huaya Feiying
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2007 Xiamen Blue Lions 48 (2)
2008—2009 Guangzhou Pharmaceutical 50 (2)
2010- Tianjin Teda 267 (3)
Milliy terma jamoa
2010—2011 Xitoy 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31-dekabr 2020-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (1-mart 2013-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Koreys boʻlgan Bay Yuefeng futbol faoliyatini Pekin Huaya Feiying yoshlar jamoasida boshlagan. Keyinchalik Xitoyning yuqori toifadagi „ Shanghai International“ futbol jamoasi skautlari kuzata boshlagan, biroq u mashgʻulot paytida jiddiy jarohat olgan va klub unga boʻlgan qiziqishlarini toʻxtatgan, shunga qaramay Xiamen Blue Lions jamosi unga shartnoma taklif qilgan. 2006-yilgi mavsum boshida ular bilan professional shartnoma imzolangan[1]. Xiamen bilan tezda asosiy tarkibga qoʻshila olgan va 2006-yil 12-martda „Shandong Luneng“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan[2]. Ushbu uchrashuvda magʻlubiyatga uchrashiga qaramay, u tezda jamoada oʻzini namoyon qilgan va 2006-yil 17-sentabrda Shenzhen Kingwayga qarshi liga oʻyinida klub uchun birinchi golini urishga muvaffaq boʻlgan[3]. Keyingi mavsumda u Xiamen jamoasidagi oʻz mavqeini mustahkamlashda davom etgan, biroq 2007-yilgi liga mavsumi oxirida jamoa quyi ligaga tushib ketgan[4]. Bai 2008-yilgi liga mavsumi boshida Xitoyning yangi Superliga jamoasi Guangzhou Pharmaceutical jamoasiga qoʻshilgan va darhol asosiy jamoaning muhim qismiga aylangan va klubning mavsumdagi birinchi liga oʻyinida Shenzhen Xiangxuega qarshi oʻynagan[5]. Mavsum davomida klub murabbiyi Shen Xiangfu uni doimiy ravishda jamoa himoyasiga oʻtkazgan[6].

Bay „Guangzhou“da oʻzining yaxshi oʻyinlarini davom ettirgan boʻlsa-da, klub kelishilgan oʻyinlar mojarosida ishtirok etgani aniqlangan, bu ularning yuqori ligaga koʻtarilishi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan va 2009-yilgi liga mavsumi oxirida quyi ligaga tushib ketgan[7]. 2010-yil 12-fevralda Bay Tianjin Tedaga 1,7 million yevro evaziga qoʻshilgan. U 2010-yilning 14-aprelida 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan " Shanhai Shenhua "ga qarshi liga oʻyinida debyut qilgan[8]. Mavsum davomida unga murabbiy Ari Xoan tomonidan koʻproq imkoniyatlar berilgan[9].

Xalqaro faoliyat tahrir

Bay Lei Xitoy milliy futbol terma jamoasi safida ilk bor 2010-yil 4-iyun kuni Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan va 1:0 hisobida gʻalaba qozongan[10]. 2011-yilgi Osiyo Kubogi uchun tayyorgarlik sifatida u 2010-yil 8-oktabrda Suriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ikkinchi marta maydonga tushgan va 2:1 hisobida gʻalaba qozonishgan[11].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Xiamen Blue Lions 2006 Xitoy Super Ligasi 24 2 3 0 - - 27 2
2007 21 0 - - - 21 0
Jami 45 2 3 0 0 0 0 0 48 2
Guangzhou Pharmaceutical 2008 Xitoy Super Ligasi 30 1 - - - 30 1
2009 20 1 - - - 20 1
Jami 50 2 0 0 0 0 0 0 50 2
Tianjin Teda 2010 Xitoy Super Ligasi
24 1 - - - 24 1
2011 28 0 3 1 6 0 - 37 1
2012 29 0 1 0 6 0 1 0 37 0
2013 28 0 0 0 - - 28 0
2014 28 1 1 0 - - 29 0
2015 30 1 0 0 - - 30 1
2016 28 0 0 0 - - 28 0
2017 25 0 1 0 - - 26 0
2018 21 0 0 0 - - 21 0
2019 17 0 1 0 - - 18 0
2020 9 0 2 0 - - 11 0
Jami 267 3 9 1 12 0 1 0 289 4
Karyerada jami 362 7 12 1 12 0 1 0 386 8

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Tianjin Teda

  • Xitoy FA kubogi : 2011[12]

Manbalar tahrir

  1. „半壁中超皆御林军身影 北京足球墙里开花墙外香-搜狐体育“. Sports.sohu.com. Qaraldi: 20-oktabr 2011-yil.
  2. „比赛结果-中超数据库-搜狐“. Csldata.sports.sohu.com. Qaraldi: 20-oktabr 2011-yil.
  3. „比赛结果-中超数据库-搜狐“. Csldata.sports.sohu.com. Qaraldi: 20-oktabr 2011-yil.
  4. „China 2007“. Rsssf.com (18-aprel 2008-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2011-yil.
  5. „比赛结果-中超数据库-搜狐“. Csldata.sports.sohu.com. Qaraldi: 20-oktabr 2011-yil.
  6. „China 2008“. Rsssf.com (3-aprel 2009-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2011-yil.
  7. „Chengdu Blades demoted“. FIFA.com (23-fevral 2010-yil). 8-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-oktabr 2011-yil.
  8. „比赛结果-中超数据库-搜狐“. Csldata.sports.sohu.com. Qaraldi: 20-oktabr 2011-yil.
  9. „China 2010“. Rsssf.com. Qaraldi: 20-oktabr 2011-yil.
  10. „China National Football Team Database - China PR 1-0 France“. Teamchina.freehostia.com (4-iyun 2010-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2011-yil.
  11. „China National Football Team Database - China PR 2-1 Syria“. Teamchina.freehostia.com (8-oktabr 2010-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2011-yil.
  12. „足协杯-王新欣于大宝联手逆转 天津2-1胜山东夺冠“ (xitoycha). Sports.sina.com.cn (19-noyabr 2011-yil). Qaraldi: 20-avgust 2019-yil.