Bakterial oʻgʻitlar – tarkibida ekinlar uchun foydali tuproq mikroorganizmlari boʻlgan preparatlar. Bakterial oʻgʻitlar tuproqqa solinganda oʻsimlik ildizi zonasida biokimyoviy jarayonlarni kuchaytiradigan va oʻsimlikning ildiz orqali oziqlanishini yaxshilaydigan mikroorganizmlar manbai hosil boʻladi. Bakterial oʻgʻitlar mikroorganizmlari oʻsimliklarning azot, fosfor va boshqa elementlar bilan taʼminlanishini yaxshilaydi. Ular oʻsimliklar uchun zarur biologik faol moddalar (auksinlar, vitaminlar va boshqalar)ni sintez qilish qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, bakterial oʻgʻitlar kasallik tugʻdiruvchi zamburugʻlarning kushandasi boʻlib, oʻsimliklarni kasallanishdan saqlaydi. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligida 1935-yildan boshlab qoʻllangan. Bakterial oʻgʻitlardan azotobakteriya, nitragin, fosforobakterin va boshqa ishlatiladi. Urugʻlik ekish oldidan bakterial oʻgʻitlar bilan dorilanadi bakterial oʻgʻitlar quruq binoda 0" dan 10° gacha haroratda zavod idishlarida saqlanadi va bir mavsum davomida foydalaniladi[1].

Oʻgʻit turlari

tahrir

Nitragin – bakterial oʻgʻit, tarkibida tuganak bakteriyalari bor. 1 g quruq preparatda 50 mln. gacha bakteriya boʻladi. Nitragin tarkibidagi tuganak bakteriyalar atmosfera azotni toʻplab, u ni oʻsimliklar oʻzlashtiradigan birikmalarga aylantiradi. Nitragin ildizlarda tugunaklar sonini koʻpaytirib, tuproqni azot bilan boyitadi, boʻlajak ekinlar hosilini oshiradi va sifatini yaxshilaydi. Nitragin donli, dukkakli ekinlar va dukkakli oʻtlarni yetishtirishda qoʻllanadi. Nitragin quruq xonada 0—10° da saqlanadi[2].

Fosforbakterin – bakterial oʻgʻit; tarkibida fosfororganik birikmalarni oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shaklga oʻtkazish krbiliyatiga ega boʻlgan mikroorganizmlar sporasi bor. F. yuqtirilgan urugʻlik bilan tuproqqa kirgan bakteriyalar oʻsimlikning ildiz atrofida rivojlanadi. F. suyuq yoki quruq holda boʻladi. Ekish oldidan 1 ga maydonga ekiladigan uruglikka 100 ml suyuq yoki 250 g kukunli F. sarflanadi. Meva daraxtlari koʻchatlarini oʻtqazishda 10—15 g kukunli F. 10—20 l suvda eritiladi va koʻchat uchun qazilgan chuqurga ozozdan quyiladi yoki koʻchat ekilganidan keyin tuproq yuziga sepiladi va tuproq yumshatib qoʻyiladi. F. organik moddalarga boy, unumdor tuproklarda yaxshi samara beradi[2].

Azotobakterin, azotogen – tar-kibida mikroorganizmlar (azotobakter) boʻlgan bakterial oʻgʻit; azotobakter at-mosferadagi azotni oʻzlashtirib, uni oʻsimlik oson oʻzlashtira oladigan shak-lga aylantirib beradi. Tuproqli A. (bunda neytral tuproq substrat vazifa-sini oʻtaydi) hamda agarli A. (substrat – agar-agar) farq qilinadi. Tuproqli A. qoʻllaniladigan joyda tayyorlanadi. Buning uchun A. chirindi moddasiga boy boʻlgan tomorqa yoki bogʻ tuprogʻida koʻpaytiriladi. A. maxsus zavod va laboratoriyalarda torfli, chirindili yoki agarli pre-parat holida tayyorlanadi. A. dukkaksiz oʻsimliklarning azotli oziqlanishini yaxshilash uchun madaniylashgan, ney-227tral reaksiyali hamda tarkibida yetarli miqdorda fosfor boʻlgan tuproqqa urugʻlik bilan birga solinadi. 1 ga yerga sarflanadigan urugʻlik normasiga 3–6 kg A. qoʻshiladi[2].

Manbalar

tahrir
  1. "Bakterial oʻgʻitlar" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. 2,0 2,1 2,2 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil