Bakteriolizinlar – bakteriyalar hujayralarining yemirilishiga (bakterioliz) olib keladigan biologik moddalar. Odam va hayvonlar organizmida B. antitelolar hamda komplementlardan tashkil topgan. Antitelolar (spesifik B.) immun zardobda boʻlib, faqat maʼlum mikroorganizmlarga taʼsir etadi. Komplementlar (nospesifik B.) normal va immun zardoblarda boʻladi. B. hujayra yuzasida oʻzgarishlar paydo qilib, komplementlar esa uni eritadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil