Balandlik oʻlchagich
Taʼrifi
tahrirBalandlik oʻlchagich, altimetr – uchish apparati (mas, samolyot) ning qancha balandlikda uchayotganini koʻrsatadigan asbob. Barometrli va radio Balandlik oʻlchagichlar yuqoriga koʻtarilgan sari bosimning pasayib borishiga asoslangan; bu asbob shkalasidagi darajalar oraligʻi bir-biriga teng. Balandlik oʻlchagich 20 ming m va undan balandliklarni oʻlchaydi. Balandlik oʻlchagich bir milli yoki ikki milli boʻlishi mumkin; ikki milli balandlik oʻlchagichda millarning biri yuz metrlarni, ikkinchisi ming metrlarnn koʻrsatadi. Bir milli Balandlik oʻlchagich oʻlchash aniqligi ±50 dan ±100 m gacha, ikki milliniki ±5 dan ±10 m gacha. Radio Balandlik oʻlchagich uchish balandligini 1 m gacha aniqlikda oʻlchashga imkon beradi[1].
Tuzilishi
tahrirBarcha barometrik balandlik oʻlchagichlar (altimetrlar) deyarli bir xil tuzilishga ega. Lekin samolyot turiga qaram tashqi koʻrinishi har xil boʻlgan variantlari qoʻllanishi mumkin.
Avvalgi samolyotlarda qoʻllangan ilk altimetrlar anchagina noqulay boʻlgan. Ularning koʻrinishi avtomobil spidometriga oʻxshagan boʻlib, bitta strelkali boʻlgan va 0 metrdan 1000 metrgacha boʻlgan qiymatlarni koʻrsatgan. Mazkur strelka ostida esa xuddi avtomobilning odometriga oʻxshagan raqamli darcha boʻlib, faqta u bosib oʻtilgan masofani emas, balki balandlikning minglarga teng qiymatini koʻrsatgan. Yaʼni, uchuvchi strelkaga qarab oʻn va yuz metrlarni aniqlasa, raqamli darchaga qarab esa ming metrlarni aniqlagan.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |