Balandlik tayanch nuqtalari (geodeziyada) — joyda oʻrni maxsus belgi — reper yoki marka bilan belgilanib, mutlaq balandligi juda aniq topiladigan nuqtalar (punktlar). Qurilishda, okean va dengiz sathi farqini aniqlashda, topografik planlarni tuzishda, yer qobigʻining koʻtarilganligi yoki pasayganligi (choʻkkanligi)ni bilish va boshqalarda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil