Balapantov - Markaziy Qizilqumdagi togʻ. Tomditovning sharqiy qismi. Mutlaq balandligi 493 m. Shimolda Shoʻshaqtov togʻlaridan tektonik botiq orqali ajralgan. Sharqiy va janubiy etaklari Yomonqum choʻliga tutash. Balapantov karbon davrining slanes va konglomeratlaridan tarkib topgan, yon bagʻirlari yassi. Balapantovning suvayirgʻich qismi yassi tekislik, janubiy yon bagʻri tik. Janubiy yon bagʻridagi soylar u qadar chuqur emas, vodiylari ancha keng , soylar slanes sharchalari bilan qoplangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil