Balaxanıda neft fontanı — qisqa metrajli hujjatli film. Rejissyor Aleksandr Mishon tomonidan 1898-yilda suratga olingan. Bu film Ozarbayjon kino tarixidagi ilk ovozsiz filmlardan biri hisoblanadi.

Balaxanıda neft fontanı
Rejissyor(lar) Aleksandr Mishon
Chiqarilgan sanasi 1898-yil 6-avgust
Davomiyligi 43 sekund
Mamlakatlar Ozarbayjon, Boku shahri
Til Ovozsiz

Syujeti

tahrir

Filmda Balaxanı konlaridan biridagi neft qudugʻi favvora boʻlib otilgani aks etgan[1].

Film haqida

tahrir
  • Film syujeti 1900-yilda Parijda boʻlib oʻtgan Butunjahon koʻrgazmasida „Tirik fotosuratlar“ toʻplami nomi bilan katta muvaffaqiyat bilan namoyish etilgan. Shu bilan birga „Bibiheybətdə neft fontanı yanğını“, Aʼlohazrat Buxoro amirining „Buyuk knyaz Aleksey“ paroxodida vidolashish marosimi, Qafqaz rəqsi (Kavkaz raqsi"), „İlişdin“ kabi kinofilmlar ham namoyish etilgan. Aka-uka Lyumyerlar ulardan baʼzilarini sotib olib, oʻz kolleksiyalariga kiritishgan. Keyinchalik oʻsha kino syujetlari Parij kino arxiviga topshirilgan va hozirgacha oʻsha yerda saqlanmoqda. 2001-yilda Ozarbayjon Davlat kino fondi tashabbusi bilan ushbu filmlardan ikkitasi — „Bibiheybətdə neft fontanı yanğını“ va „1898-ci il avqustun 4-də Balaxanıda neft fontanı“ nomli filmlarning nusxalari Bokuga olib kelingan va Ozarbayjon davlat kino fondida saqlanmoqda[1].

Film ustida ish olib borganlar

tahrir

Rejissyor: Aleksandr Mishon

Operator: Aleksandr Mishon

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Aydın Kazımzadə. Azərbaycan kinosu — 2 (filmlərin izahlı kataloqu (1898—2002)). Bakı: 2003, səh.7.

Havolalar

tahrir

1898-ci il avqustun 4-də Balaxanıda neft fontanı YouTubeda

Adabiyotlar

tahrir
  • Azərbaycan Milli Ensiklopediyası: Azərbaycan. Ramiz Məmmədov. Kino. Azərbaycan Milli Ensiklopediyası Elmi Mərkəzi, 2007.- səh. 812.
  • Aydın Kazımzadə. „Bu belə olub“. [Azərbaycan kinosu — 110] //"Cinema News" jurnalı.- 2008.- iyun.- səh. 10-11.