Balchiqli vulqonlar
Balchiqli vulqonlar - doimiy yoki vaqt-vaqti bilan Yer yuzasiga koʻpincha suv va neft aralash holda balchiq narsalari va gazning otilib chiqishidan hosil boʻladigan turli shakldagi geologik tuzilma. Bu suyuqliklar vulqon konuslarining yon bagʻrida asta-sekin qotadi; uz. 10 – 20 km, qalinligi 5 – 30 m, kengligi bir necha yuz m. gacha boʻladi. Asosan neftli va vulqonli joylarda uchraydi. Balchiqli vulqonlardan metan, is gazi, karbonat angidrid, azot va boshqa gazlar chiqib turadi. Ozarbayjon, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyasi (Kubanda, Taman, Kerch, Kamchatka yarim orollari) hamda Italiya, Islandiya, Markaziy Amerika va boshqa joylarda Balchiqli vulqonlar mavjud.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |