Baliqlikoʻl ziyoratgohi

(Baliq ko'l ziyoratgohidan yoʻnaltirildi)

Baliqlikoʻl ziyoratgohiOʻzbekistonning Namangan viloyati Chortoq tumanida joylashgan diqqatga sazovor joylaridan biri. 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Obyekt davri — 1863-yil. Bogʻiston MFYda joylashgan[1].

Tarixiy manbalar va ayrim rivoyatlarga koʻra, Sulton Uvays Qaroniy "Yamandagi Qaran qishlog’ida Murodiy qabilasining chorvador oilasida tugʻilib voyaga yetgan. Chortoq tumani Baliqkoʻl qishlogʻidagi mazkur ziyoratgoh XII-XIII asrlarga tegishli boʻlib, turli davrlarda taʼmirlash ishlari olib borilgan. Umumiy yer maydoni 225 kv.m.ni tashkil etadi. „Baliq koʻl“ ziyoratgohi atrofida „Sulton Uvays Qaroniy“ maqbarasidan tashqari „Bibi Naima ona“ maqbarasi va haftaning har juma kuni tongda sut rangiga kiruvchi „Sutli buloq“(„Sirli buloq“ deb ham yuritiladi) ziyoratgohlari ham mavjud. „Baliq koʻl“ baliqlar yashaydigan musaffo maskan. Zilol suvga ega ushbu koʻl hech qachon muzlamaydigan suv manbaidan paydo boʻlgan. Uning suvini bemalol ichish mumkin. Aytishlaricha, har juma, juma namozi vaqtida suvdagi barcha yirik baliqlar gʻoyib boʻladi. Baliqlarni nobud qilish mumkin emas-unga qoʻl koʻtargan insonning oʻzi oʻlim topadi, deyishadi. Ushbu koʻl Sulton Hazrati Uvays Qaroniy ziyoratgohi majmuasiga kiradi. Uning yonida 1500 nafar odamga moʻljallangan masjid bor. Shuningdek, soʻfiylik taʼlimotida alohida oʻrin tutgan Uvays Qaroniy qabri ham joylashgan. U Paygʻambar (sallallohu alayhi vasallam) bilan shaxsan uchrashmagan tobeinlardan boʻlgan. Shunga qaramay, ular orasida gʻoyibona aloqa boʻlgani taʼkidlanadi. „Darhaqiqat, tobeinlarning eng yaxshisi Uvays ismli inson boʻladi. U onasiga hurmat va tavoze bilan munosabatda boʻladi. Olloh nomi bilan qasam ichganda, Olloh albatta uning qasamini ijobat qiladi“ (2064 hadis). Kunlardan bir kuni Uvays Qaroniy onasidan duo olib, Madina shahriga joʻnab ketadi. Onasi unga : „Bor va Paygʻambar s.a.v bilan gaplashib kel. Agar uyda boʻlmasa, ortingga qayt“ deya tayinlaydi. Uvays Qaroniy Paygʻambar s.a.v uyiga borganida, u zotni topa olmaydi. Eshikni ochgan kichik rafiqasi u zotning bir oz muddatga chiqib ketganliklarini aytadi. Onasiga bergan vaʼdasini sedan chiqarmagan Uvays Qaroniy uyiga qaytib ketadi. Kechqurun rafiqasi Paygʻambar s.a.v ni ziyoratchining tashrifidan xabardor qiladi. Uvays Qaroniydek buyuk zodni tanigan Muhammad s.a.v rafiqasining koʻzlarini oʻpishga izn soʻraydilar:"Chunki ular ushbu ajoyib insonni koʻrishga muvoffaq boʻlgan edi". Paygʻambar s.a.v oʻlimidan oldin oʻz hirqalarini Uvaysga vasiyat qilib ketganlar, ammo ikki buyuk sahobiy Hazrati Ali va Umar r.a ushbu hirqaning aslini emas, aynan nusxasini topshirishga axd qilgan. Lekin Uvays undan voz kechgan, sababi buyumdan Paygʻambarning hidi kelmayotgan edi. Shunda sahobalar hayratda qolib, bu insaon Paygʻambar s.a.v bilan uchrashmagan boʻlsa, qanday qilib hidini bilsin, deb ajablanishgan. Uvays esa quyidagicha hikmat bilan javob bergan: -Sizning Paygʻambar s.a.v ga boʻlgan muhabbatingiz zaif ekan. Ogʻzingizni oching. Ular ogʻizlarini ochib, Uvaysga tishlarini koʻrsatishgan. Tobein ham ogʻzini ochgan. Ne koʻz bilan koʻrishsinki, uning bironta tishi yoʻq ekan. Uvays buning sababini aytib bergan. Paygʻambar (S.A.V) janglardan birida, tishiga tosh tegib, uning bir boʻlagini yoʻqotgan damda, Uvays ham ogʻzida ogʻriq his etgan ekan. Lekin aynan qaysi tishi azob berayotganini tushunmay, barcha tishlarini sugʻurib olgan. Buning hikmati shuki, Paygʻambar (S.A.V)ning bir dona boʻlsa ham tishi singan paytda, Uvays butun tishlari bilan yashashga istihola qilgan. Bu hikoyat shunchalik sahobai kiromlarni taʼsirlantirganidan, Uvaysga haqiqiy hirqani sovgʻa qilib yuborishgan ekan. Namangan viloyatining Chortoq tumani aholisi Uvays Qaroniyning asl qabrini Oʻzbekistonda, aynan Baliq koʻlida deb hisoblashadi. Chunki yurak amriga quloq tutgan Hazrati Uvays dunyo tashvishidan voz kechib, Fargʻona vodiysiga kelgan va oʻz taʼlimotini davom ettirgan. Hayotlik chogʻida Uvays onasining oyoq tomonida dafn etilishini vasiyat qilgan. Bu mushfiq onaning qabri, yaʼni Bibi Naima ziyoratgohi shu yaqindagi doʻngliklardan birida joylashgan. Demak, Uvays xoki u vasiyat qilganiday, aynan volidasining oyoq tomonidan qoʻnim topgan. Sulton Uvays Qaroniy va Bibi Naima Ona maqbarasi majmui dunyoning turli chekkalaridan ziyoratchilarni jalb etadi. Ayniqsa, soʻfiylik tariqati izdoshlari bu manzilni alohida qadrlaydilar, chunki Uvays Qaroniy ushbu yoʻnalishning asoschilaridan biri hisoblanadi. Kelgan ziyoratchilar tashvishlarini soʻzlab, niyatlariga ijobat soʻrashadi. Chin dildan ibodat qilib, koʻngildagi eng maxfiy istaklariga yoʻl izlashadi. Ushbu majmuaning alohida diqqatga sazovor joyi-bu noyob suv resurslaridir. Ulardan biri „Chortoq“ mineral suvidir. Balki tabiat inʼomi balki Yaratganning inoyati bilan Chortoq suvi noyob xususiyatga ega: u chanqovbosdi boʻlib, xastaliklarga davo, uni ichgan odam esa oʻzini yaxshi xis qiladi. Chortoq tumanining koʻp buloqlari mana shunday xususiyatga ega.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir