Chortoq tumani

Oʻzbekistondagi tuman

Chortoq — Namangan viloyatidagi tuman. 1950-yil 15-aprelda tashkil etilgan. Gʻarbdan Yangiqoʻrgʻon, janubiy, janubi-sharqdan Uychi tumanlari, shimoliy va sharqda Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,36 ming km2. Aholisi 199.8 ming kishi (2020). Tumanda 1 shahar (Chortoq), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Alixon, Bogʻiston, Gulshan, koʻshan,

Chortoq tumani
Чартакский район
tuman
Tarkibida Namangan viloyati
Maʼmuriy markazi Chortoq
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Chortoq tumani xaritada
41°4′8″N 71°48′55″E / 41.06889°N 71.81528°E / 41.06889; 71.81528

Tabiati

Chortoq tumani Chatqol tizmasining janubiy etaklarida joylashgan. Yer yuzasi tekislik va adirlardan iborat. Balandligi janubidan shim.ga 300 m dan 1500 m gacha. Foydali qazilmalardan neft, mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan qurilish materiallaridan shagʻal, ohaktosh, gil tuproqlari bor. Iqlimi kontinental; yozi issiq va quruq, qishi sovuq. Oʻrtacha temperatura yanvarda — G dan −4° gacha, iyulda 25-26°. Eng past temperatura qishda −29°, yozda eng baland temperatura 40°. Yiliga 300-400 mm yogin tushadi (koʻproq qishda va bahorda yogʻadi). Vegetatsiya davri 175 kun. Togʻadirlardan katta kichik soylar oqib tushadi. Ulardan baʼzilarida faqat yogʻingarchilik mavsumidagina suv oqib, yozda qurib qoladi. Eng yirik soylari: Chortoqsoy, Namangansoy (yuqori qismida Pochchaotasoy) va boshqa soylardan bahorgi yomgʻirlarda kuchli sel keladi va xoʻjalikka katta zarar yetkazadi. Ayrim soylarda selga qarshi selxonalar qurilgan. Soy suvlaridan sugʻorishda keng foydalaniladi. Tumanning janubiy qismidan Katta Namangan (Chortoq), janubiy chegarasidan Shimoliy Fargʻona kanallari oʻtgan. Tuproqlari, asosan, tipik boʻz tuproqlar. Qishloq xoʻjaligi ga yaroqli yerlar oʻzlashtirilgan. Tabiiy oʻsimliklar, asosan, adirlarda saqlangan: efemer oʻtlar va butalar oʻsadi. Adir oʻsimliklarini oʻrganish va ularni boyitish boʻyicha OʻzFA Botanika institutining tajriba uchastkasi bor. Yovvoyi hayvonlardan tulki, yumronqoziq, toshbaqa, turli xil ilonlar, kaltakesaklar; qushlardan kaklik, ular va boshqa uchraydi; suvlarida har xil baliqlar mavjud.[1]

Aholisi

tahrir

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qirgʻiz, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 400 kishi. Qishloq aholisi 96,2 ming kishi, shahar aholisi 47,7 ming kishi.[1]

Iqtisodiyoti

tahrir

Xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, Chortoq mineral suv zavodlari, bosmaxona, tikuvchilik fabrikasi, avtokorxona, MTP, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi.

Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — paxtachilik. Sabzavotchilik, gʻallachilik, meva yetishtirish ham rivojlangan. Shirkat va fermer xoʻjaliklari bor. Ekin maydonlariga paxta, don, sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari ekiladi. Mevazor va tokzorlar koʻp. Tumanda markaziy kutubxona va uning tarmoklari, klub muassasalari va madaniyat uylari, xalq teatri aholiga xizmat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim maktablari, bolalar musiqa maktabi, markaziy kasalxona, poliklinika, dorixonalar, feldsherakusherlik, qishloq vrachlik punktlari ishlab turibdi. „Paxtalikoʻl“, „Chortoq“ sanatoriylari faoliyat koʻrsatadi. Fargʻona vodiysi boʻylab oʻtkazilgan aylanma temir yoʻl Chortoq shahridan oʻtadi. Namangan-Chortoq-Nanay avtomobil yoʻli respublika ahamiyatiga ega.[1]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 "Chortoq tumani" OʻzME. Ch-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil