Uychi — Namangan viloyati Uychi tumanida joylashgan shaharcha, tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Chortoq (5 km). 1984-yil 10-oktabrda tashkil etilgan. Aholisi 15,6 ming kishi (2004). Uychida tikuv-yiguruv fabrikasi, „Notoʻqima“ aksiyadorlik jamiyati, shuningdek, 80 dan ortiq tashkilot, muassasa, uyushma va jamgʻarmalar faoliyat koʻrsatadi. Shaharchada 5 umumiy taʼlim maktabi (4668 oʻquvchi), qishloq xoʻjaligi va maishiy xizmat kasb-hunar kollejlar (1511 talaba) faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Tuman markaziy „Paxtakor“ stadioni, sport maktabi, tennis korti bor. Uychida tuman markaziy kasalxonasi, yuqumli kasalliklar kasalxonasi, 2 poliklinika aholiga xizmat koʻrsatadi.

Uychi
shahar
41°01′46″N 71°50′54″E / 41.02944°N 71.84833°E / 41.02944; 71.84833 G OKoordinatalari: 41°01′46″N 71°50′54″E / 41.02944°N 71.84833°E / 41.02944; 71.84833 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Namangan viloyati
tuman Uychi tumani
Aholisi
20 800
Vaqt mintaqasi UTC+5
Uychi xaritada