Baliq uni
Baliq uni — baliqdan yoki baliqni konservalash chiqitlaridan tayyorlanadigan un. Baliq uni oqsil, kalsiy va fosforga boy boʻlib, qishloq xoʻjaligi hayvonlariga beriladi. Tarkibida 50 — 55% oqsil, 10 — 20% yogʻ, 30% gacha kalsiy fosfat, 5% gacha osh tuzi va A, V, D vitaminlari bor. Baliq uni organizmda juda yengil hazm boʻladi. Shuning uchun birinchi navbatda yosh hayvonlarga, joʻjalarga (kundalik yemining 10% miqdorida), tovuqlarga, baʼzan katta yoshdagi hayvonlarga ham beriladi. Sigirga kuniga 1 — 1,5 kg Baliq uni berilsa, sut va goʻsht sifati buzilmay, mahsuldorligi oshadi. Baliq uni Oʻzbekistonda Moʻynoq baliq konserva zavodida tayyorlanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |