Baliqchi-ukki (Ketupa reylonensis) — yapaloqqushlar oilasiga mansub qush. Boshining ikki yonida bir tutamdan uzun patlari — "quloqlari" bor. Patlari nozik va naqshdor, och qoʻngʻir rangli. Barmoqpari va uzun kafti patsiz, yalangʻoch, tirnoqlari changal boʻlib, suvda baliq tutishga moslangan. Jan.-sharqiy Osiyoda tarqalgan. Rossiyaning Uzoq Sharq oʻlkasida oʻtroq yashaydi, lekin juda kam uchraydi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil