Baliqchilik asboblari - baliq ovlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar. Baliq ovlash usuliga qarab suzib oladigan, ilin-tiradigan, tuzoq va qarmoq tipidagi Baliqchilik asboblari boʻladi. Suzib oladigan Baliqchilik asboblari bilan baliq suv havzalarida suzib ovlanadi. Bu xildagi Baliqchilik asboblari ga nevodlar, dengiz loyqalatgichi, xalta toʻr, yoyma toʻr, koʻtarma toʻr va boshqa kiradi. Ilin-tiradigan Baliqchilik asboblari ga ingichka ipdan toʻqilgan toʻrlar kiradi. Ular ham oʻrnatib qoʻyiladigan va suziladigan xillariga boʻlinadi. Oʻrnatib quyiladigan turlar suv havzasining maʼlum bir yeriga qoziqlar bilan mahkamlab qoʻyiladi. Suziladigan xillarining bir uchi qayiq yoki kemaga biriktirilib, ikkinchi uchi suv oqimiga yoki shamol yoʻnalishiga qarab sudraladi. Oʻrnatiladigan toʻrning uz. 150 m, suzadigani 30 – 35 m, eni 18 m. Tuzoq tipidagi Baliqchilik asboblari ga venter, mereja (gardishga tortilgan toʻr) tipidagi suvga qoʻyiladigan turlar kiradi. Ularning ichiga baliq kiradi, lekin qaytib chiqolmaydi. Bu xildagi tuzoqlar ilgari qamish, novda va boshqa materiallardan toʻqilardi. Hozir faqat toʻrdan qilinadi. Qarmoq tipidagi Baliqchilik asboblari ga turli xildagi qarmoqlar kiradi. Bu xildagi Baliqchilik asboblari ni havaskorlar va baliq ovlash xoʻjaliklari ishlatishadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil