Balzamli oʻsimliklar - tanasida balzam boʻladigan oʻsimliklar. Asosan issiq va moʻʼtadil iqlimli mamlakatlarda, qisman shim. va oʻrtacha kengliklarda tarqalgan. Balzamli oʻsimliklarning miroksilon pereiray (myroxylon pereirae), toluifera balzamum (Toyifera balsamum) va kopaifera (Copaifera) kabi turlari juda mashhur. Mikroksilon pereiray San-Salvadorda va Markaziy Amerikada yovvoyi holda oʻsadi, Shrilanka orolida esa ekib oʻstiriladi. Undan peru balzami olinadi. Toluifera Kolumbiya va Venesuelada tarqalgan; undan tolu balzami olinadi. Kopaifera Jan. Amerikaning issiq mintaqalarida tarqalgan. Undan kopay balzami olinadi. Suriyada uchraydigan likvidambar yoki stiraks (Liqudambar orientalis) daraxtidan xushboʻy suyuq balzam — stiraks olinadi. Oʻrta dengizning Yevropa sohilida oʻsadigan stirakslarga mansub buta (Stira offi cinalis)fl aH chekimliklarni xushboʻy qilishda ishlatiladigan hamda diniy marosimlarda tutatiladigan xushboʻy smola olinadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Balzamli oʻsimliklar" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil