Bambi, a Life in the Woods
Bambi, a Life in the Woods (tarjimasi Bambi, oʻrmondagi hayot; olmoncha: Bambi: Eine Lebensgeschichte aus dem Walde) — avstriyalik yozuvchi Felix Salten qalamiga mansub 1923-yilda yozilgan roman. Dastlab, Berlindagi Ullstein Verlag nashriyotida chop etilgan. Romanda erkak yosh kiyik — Bambining tugʻilishidan to bolaligigacha boʻlgan hayoti, onasidan ayrilishi, juftini topishi, otasidan olgan saboqlari va inson tomonidan paydo boʻladigan xavf-xatarlar haqida tajribasi aks etgan.
Asl nomi | Bambi: Eine Lebensgeschichte aus dem Walde |
---|---|
Muallif(lar) | Felix Salten |
Tarjimon(lar) | Whittaker Chambers |
Bezovchi(lar) | Kurt Wiese |
Mamlakat | Avstriya |
Til | nemischa |
Janr(lar)i | fantastika |
Nashr etilgan sanasi | 1923 |
Nashriyot | Ullstein Verlag |
Keyingisi | Bambi's Children |
Whittaker Chambers tomonidan mahorat bilan amalga oshirilgan ingliz tilidagi tarjimasi Shimoliy Amerikada Simon & Schuster nashriyotida 1928-yilda chop etilgan[1] hamda shu vaqtdan buyon roman dunyoning 30 dan oshiq tillariga tarjima qilingan va chop etilgan. Salten 1939-yilda romanning davomi boʻlgan Bambi's Children („Bambining bolalari“) kitobini ham chop etdi.
Manbalar
tahrir- ↑ Chambers, Whittaker. Witness. Random House, 1952 — 56, 239-bet. ISBN 0-89526-571-0.
Havolalar
tahrir- Bambi: Eine Lebensgeschichte aus dem Walde (olmoncha) Faded Page saytida (Kanada)