BANAX (Banach) Stefan (1892 — 1945) — polyak matematigi, Lvov universiteti professor (1924 — 45). Funksional analiz yaratuvchilaridan biri. Chiziqli fazolarning bir sinfi, yaʼni normallashtirilgan toʻla chiziqli fazo B. nomi bilan ataladi. Asosiy asari — "Chiziqli operatsiyalar nazariyasi" koʻp tillarda nashr qilingan.

Banax Stefan

Adabiyotlar Tahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil