Bandalik
Bandalik — oʻlim va dafn marosimi bilan bogʻliq tushuncha. Biron kishi vafot etsa, taʼziyaga keluvchilar marhumning oila aʼzolarini yupatish uchun unga "bandalikda" deb murojaat qiladilar. Bu bilan tugʻilish bor ekan, oʻlim ham boʻladi, oʻlim har bir insonning boshiga tushadigan muqarrar hodisadir degan fikr bildiriladi. "Bandalik", "Bandalikni bajo keltiribdi" kabi iboralar vafot etibdi, maʼnosida qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |